B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
170 12.3. Rejalarni amalga oshirish mexanizmlari va vositalari Indikativ rejalashtirishning samaradorligi, uning iqtisodiyotga umumiy ijobiy ta’sir darajasi bilan aniqlanadi. Bunda indikativ rejaning maqsadlariga erishish mexanizmlari va vositalarini to’g’ri tanlash ahamiyatli rolni o’ynaydi. Jahon tajribasini o’rganish O’zbekistonda ham foydalanish mumkin bo’lgan inidkativ rejalarni samarali amalga oshirish uchun davlat tomonidan foydalaniladigan quyidagini ahamiyatli mexanizm va vositalar sifatida ajratishga imkon beradi.: 1. Qatnashish. Indikativ rejalashtirish jarayoniga davlat tuzilmalari bilan bir qatorda xususiy biznes, jamoa tashkilotlari, aholi va hatto siyosiy partiyalar vakillarini jalb etish. Yuqorida ta’kidlanganidek, bunday yondashuv barcha “o’yin qatnashuvchilarining” qiziqishlari va holatini hisobga olishga imkon beradi. Shuning bilan birga, juda ahamiyatli bo’lgan narsa, rejani, uning kuchli va zaif tomonlarini uzoq muhokama qilish mobaynida, bu jarayon qatnashchilari yangi sharoitlar doirasida ishlash shartlari belgilanadi. Shuning natijasida bu ularga yangi sharoitlarga tez moslashishga, shuningdek bashorat davrida davlatning yangi strategiyasini hisobga olib unga mos xo’jalik xarakati uchun zaruriy institustional, moliyaviy va boshqa choralarni amalga oshirish imkonini beradi. 2. Habardor qilish. Axborot berilishi kutilayotgan strategiyalar, fiskal va pul-kredit siyosati haqida jamiyatning barcha qatlamlarini keng tarzda o’z vaqtida xabardor qilish, nafaqat indikativ rejalashtirish jarayoni ishtrokchilariga, balki ko’pchilik faoliyat yurituvchi xo’jalik subyektlariga va aholiga, majbur bo’lmagan xatolardan qochish, o’z biznes-strategiyasini oqilona yaratish, yangiliklardan yoki konyuktra o’zgarishidan keyingi bo’lishi mumkin bo’lgan noxush oqibatlarni oldini olish imkonini yaratadi. 3. Me’yorlashtirish. O’rta muddatli indikativ rejalar direktiv (to’g’ridan to’g’ri) topshiriqlar o’rniga, makroiqtisodiy siyosatning belgilangan sharoitlarini: aniqlovchi soliq yuklari, Markaziy Bankning qayta moliyalashtirish stavkasi, banklarning majburiy zaxira me’yorlari, ayirboshlash kursi, bojxona to’lovlari, cheklovlar, byudjet tizimi darajalari bo’yicha daromadlarning taqsimlanish me’yorlari, byudjet tashkilotlarida ish haqi jamg’armasi limitlari, ijtimoiy me’yorlar aniqlovchi belgilangan me’yoriy hujjatlar tizimiga ega bo’lishi kerak. Me’yoriy hujjatlarni joriy qilish mumkin bo’lmagan hollarda, mos 171 ko’rsatkichlar (valyuta koridori, qayta moliyalashtirish foiz stavkasining tebranish koridori) tebranish uzunligini cheklash usuli qo’llaniladi. 4. Moliyalashtirish. Maqsadli dasturlarni davlat byudjeti, jalb qilinadigan kreditlar, shu jumladan, davlat kafolati orqali mablag’lar hisobidan moliyalashtirish indikativ rejalarni amalga oshirishning to’g’ridan-to’g’ri vositasi hisoblanadi. Odatda, bu vosita byudjet siyosati, davlat maqsadli dasturlari, investistion dasturlar, shuningdek indikativ rejalar maqsadlariga erishish uchun ahamiyatli bo’lgan strategik sohalar va loyihalarga imtiyozlar va har xil subsidiyalar mexanizmlari orqali amalga oshiriladi. 5. Davlat maqsadli dasturlari. Indikativ rejalarning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha qo’yilgan vazifalarni moliyaviy manbalar bilan bog’lovchi, muddatlar va ma’sul ijrochilarni aniqlovchi mukammal maqsadli dasturlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Bu mexanizm indikativ moliyalashtirishdan foydalanuvchi barcha mamlakatlarda foydalaniladi. 6. Davlat xaridlari. Xaridlar ko’pincha maqsadli dasturlar doirasida amalga oshiriladi, ularni bajarish uchun davlat va xususiy korporaiyalar o’rtasida byurtmalarni joylashtiruvchi va ularning faoliyatini nazorat qiluvchi maxsus davlat kompaniyalari tashkil etiladi. 7. Davlat sektorini rejalashtirish. Bu mexanizm Franstiyada keng qo’llaniladi va to’liq davlat ixtiyoridagi korxonalarni boshqarish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Odatda bu – xususiy sektor korxonalaridan farq qiladigan, davlatning qat’iy nazorati ostida bo’lishi kerak bo’lgan tabiiy monopoliya tarmoqlaridagi katta korxonalar hisoblanadi. 8. Investistion dastur. Bu mexanizm Yaponiyada shuningdek Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida nisbatan keng qo’llaniladi. Yaponiya tajribasi ko’rsatishicha 1953 yildan buyon davlat byudjetiga nisbatan investistiyalar va zayomlarning muvaqqat dasturi ishlab chiqiladi, mamlakatning “ikkinchi byudjeti” ishlab chiqarishga investistiya kiritishning va iqtisodiy rivojlanishning kuchli vositasi hisoblanadi. Undan ajratiladigan kreditlarning real ahamiyati nafaqat ularning o’zlariga, balki ular xususiy korporastiyalar iqtisodiyotini rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning yo’nalishlari sifatida namoyon bo’lishidadir. 9. Baho siyosati. Bozorlardan baho siyosati, inflyastiyani ushlab turish maqsadidagi tabiiy monopoliya tariflarini qattiq tartibga solish, innovastion va texnologik rekonstrukstiya davrida mahalliy ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirish. Ishlab chiqaruvchilar 172 tomonidan, bu misol uchun rejalashtirilayotgan davr uchun ishlab chiqariladigan mahsulotning narx o’zgarishi chegaralarini kafolatlashning iste’molchilari tomonidan – mazkur mahsulotni o’z vaqtida sotib olish majburiyatlarini kafolatlash. 10. Byudjet siyosati. Amalga oshirilayotgan byudjet siyosati indikativ rejalarda namoyon bo’lgan ustuvorliklar va yo’nalishlarga mos kelishi zarur. Davlat byujetini shakllantirish tamoyillari rivojlantirishga yo’naltirilgan iqtisodiyotni tartibga solish tizimining ususiy mantig’iga mos ravishda qayta ko’rib chiqilishi zarur. Uni ishlab chiqish asosiga muayyan yo’nalishlar bo’yicha byudjet xarajatlari darajalarini aniqlashtiruvchi qonuniy belgilangan normativ hujjatlarini, shuningdek xarajatlarni rejalashtirish va amalga oshirish dasturli maqsadli tamoyillarini qo’yish kerak. Bunda asosiy ustuvorlik birinchi navbatda, fan va ITT rivojlantirish xarajatlariga, shuningdek, kelgusi rivojlanish mustaxkamligi asosini tashkil etadigan ta’lim va milliy xavfsizlikka berilishi zarur. Yuqori usutvorlik, yana investistion dasturlarga berilishi lozim. 11. Pul kredit siyosati. Indikativ rejalarni samarali amalga oshirish ahamiyatli sharti bo’lib pul kredit organlari faoliyatining shaffofligi hisoblanadi. Xukumat pul-kredit siyosatidagi o’zgarishlar haqida ommaviy habar berish ularning sabablarini tushuntirishlari lozim. Shaffoflik amalga oshirilayotgan siyosatning samaradorligini oshirishga yordam beradi. Harakatlar shaffoflik kutish mexanizmlari orqali bozor ishtrokchilariga ta’sir ko’rsatadi hamda monetar vositalarni qo’llash vaqti va iqtisodiy agentlar javobi o’rtasidagi masofani qisqartiradi. 12. Tashqi savdo. Tashqi savdo siyosati tanlangan iqtisodiy strategiyani amalga oshirish uchun eksport va import qiluvchilar faoliyatini zaruriy tomonga yo’naltiruvchi bojxona to’lovlarini, notarial to’siqlarni, cheklov va listenziyalarni, eksport (import) qiluvchilarga ochiq va yashirin subsidiyalarni joriy qilish. 13. Ijtimoiy siyosat. Indikativ rejalarda nazarda tutilgan ijtimoiy siyosat. Maqsadli ijtimoiy dasturlar, ijtimoiy normativlar (eng kam ish haqi, nafaqa va x.k.), shuningdek ijitmoiy sohalarni rivojlantirishga byudjet xarajatlari orqali amalga oshiriladi. Demak qat’iy aytadigan bo’lsak, davlat xo’jalik yurituvchi subyektlar va aholi tomonida indikativ rejalarni tushunish mexanizmini shunga mos ravishda ularni to’g’ridan- to’g’ri usullarini emas, balki kengaytirish-cheklash-yo’naltiruvchi mexanizmi orqali amalga oshirish shartlarini ishlab chiqadi. 173 Kengaytiruvchilar bo’lib indikativ rejalarni ishlab chiqishda keng ishtirok etish va ular haqida ma’lumot berish nazarda tutiladi. Cheklovchilar bo’lib, belgilanadigan normativlar va byudjet chegaralari hisoblanadi. Yo’naltiruvchilar bo’lib – makroiqtisodiy siyosatning prognozi va shakllanuvchi shartlari maqsadli va investistion dasturlar hisoblanadi. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling