B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Aholi turmush darajasi va bandligini indikativ rejalashtirish
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
11.4. Aholi turmush darajasi va bandligini indikativ rejalashtirish.
11.4.1. Rejalashtirishda insoniyat rivojlanishining indikatorlari. 11.4.2. Aholi bandligining indikatorlari. 11.1. Demografik prognoz qilishning mohiyati Demografik prognoz qilish – bu aholi harakatining asosiy parametrlari va demografik vaziyat: aholi soni, yosh-jins va oilaviy tarkibi, tug’ilishi, o’limi, migrastiyasini ilmiy asoslangan oldindan ko’ra bilish demakdir. Demografik prognoz qilish zarurati umuman ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlarni prognoz qilish va rejalashtirish vazifalari bilan bog’liq. Oldindan demografik prognoz qilmasdan turib tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish, uy-joy qurilishi, ijtimoiy infratuzilma, sog’liqni saqlash va ta’lim, pensiya tizimini rivojlantirish, geosiyosiy muammolarni hal etish va hokazolarning istiqbolini tasavvur qilib bo’lmaydi. Aynan shuning uchun aholi soni va tarkibi, oilalar soni va tarkibi, alohida demografik jarayonlar dinamikasini prognoz qilish faoliyati xalqaro, davlat va nohukumat tashkilotlari, muassasalari va ilmiy muassasalar umumiy faoliyatining muhim qismini tashkil qiladi. Texnik nuqtai nazardan olib qaralganda, demografik prognoz qilish odatda aholini istiqbolli hisoblab chiqish, ya’ni o’tmishda demografik xususiyatlarning (aholi soni, demografik tuzilmalar, tug’ilish, o’lim) o’zgarishi to’g’risidagi ma’lumotlar asosida, shuningdek ularning kelgusidagi dinamikasiga nisbatan qabul qilinadigan taxminlarni hisobga olgan holda aholi soni va yosh-jinsiy tarkibini hisoblab chiqish ko’rinishida ishtirok etadi. Bunday turdagi hisob-kitoblar odatda aholining eng ehtimoliy o’zgarishlari chegaralarini belgilagan holda bir necha variantlarda amalga oshiriladi. Demografik prognoz qilishning ko’p variantliligi davr talabi hisoblanadi. Odatda prognoz uchta variantda amalga oshirilib, ularni 146 demografik ko’rsatkichlar dinamikasining tashqi chegaralarini belgilaydi. Aholining reproduktiv, o’zini asrash va migrastiya harakatlari o’zgarishining tendenstiyalari haqida to’g’ri, ilmiy asoslangan taxminlar, prognoz aniqligining muhim sharti hisoblanadi, ular haqidagi ma’lumotlarni maxsus tashkil etilgan ijtimoiy-demografik tadqiqotlar yordamida olish mumkin. Ushbu tendenstiyalar haqidagi farazlarni olg’a surish g’oyat qiziqarli ilmiy vazifaga aylanib bormoqda. Demografik prognozlar istalgan ijtimoiy prognoz qilish va rejalashtirishning asosida yotadi. Aslida, biz kelajak uchun nimani rejalashtirmaylik, muayyan tovarlar yoki xizmatlar ishlab chiqarishni, jamiyatning ijtimoiy tarkibini, shu jumladan uning oilalar o’lchamlari va tarkibi bo’yicha tuzilishini rivojlantirishmi, har qanday ijtimoiy jarayonlar – barcha holatlarda, albatta, biz birinchi galda ushbu ijtimoiy jarayonlar bo’lajak ishtirokchilarining jinsi va yoshi bo’yicha soni va tarkibini bilishimiz zarur, chunki, insonlarning ushbu ular faoliyatining xususiyati va intensivligiga va o’z navbatida, ijtimoiy jaryonlarning xususiyati va intensivligiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Demografik prognoz qilish maqsadlari iqtisodiy rejalashtirish ehtiyojlari (mehnat resurslarining soni va tarkibi dinamikasini oldindan ko’ra bilish zarurati); tovarlar yoki xizmatlarning u yoki bu turlari uchun, shu jumladan marketing vazifalarini hal etish uchun iste’mol talabining bo’lajak dinamikasini baholash zarurati; uy-joy qurilishini rejalashtirish ehtiyojlari; ijtimoiy soha (ta’lim, sog’liqni saqlash, pensiya tizimi va b.)ni rejalashtirish ehtiyojlari; geosiyosiy vazifalar va ko’plab boshqa masalalar bilan bog’liq. Demografik prognoz qilish maqsadlari aholining prognozlarini tasniflash uchun muhim asoslardan biri hisoblanadi. Demografik prognozlarning ishonchliligi, ya’ni aholining prognoz xususiyatlari va demografik prognozlarning haqiqatda qanday bo’lishiga mos kelishi ushbu prognozlarning muhim xususiyati hisoblanadi. Demografik prognozning ishonchliligi boshlang’ich demografik axborotning aniqligi, qabul qilinayotgan farazlarning asosliligi va prognoz davrining uzoqligi bilan belgilanadi. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling