B. B. Xolmurodov tktishf, "Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi" kafedrasi assestenti


Download 0.51 Mb.
bet31/49
Sana18.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1211776
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat mahsulotlarini sertifikatlash asoslari va xavfsizlik mezonlari

Nazorat uchun savollar:

  1. Аkkreditlash bo’yicha ma’lumot bering?

  2. O'zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimining tarkibini nimalar tashkil qiladi?

  3. O'zdavstandart bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idoralari bilan birgalikda qanaqa vazifalarni bajaradi?

  4. Qaysi idoralar akkreditlash ishlarini bajaradi?



10-Ma’ruza: Sertifikatlashtirishning qonunchilik asoslari
Reja:

  1. Sertifikatlashtirishning bosh tashkiliy va metodik tamoyillari.

  2. Sertifikatlashtirishning qonunchilik asoslari.

  3. Qonunchilikda xo’jalik yurituvchi subʼektlarning javobgarlik choralari.

  4. Xo’jalik yurituvchi subʼektlarga jarima sanktsiyalari majburiy talablar.

Sertifikatlashtirish lotin tilidan tarjima qilinganda ≪to’g’ri ishlangan≫ maʼnosini anglatadi. Mahsulot ≪to’g’ri ishlangan≫ligiga ishonch hosil qilish uchun u qanday talablarga javob berishi va bu muvofiqlikning ) haqiqiy isbotlarini qanday Qilib olish mumkinligini bilish lozim.
≪Sertifikatlashtirish≫ atamasining taʼrifi 0‘zDSt 5.5:1999, ≪Milliy sertifikatlashtirish tizimi, asosiy atamalar va taʼriflar≫da bunday berilgan: ≪uchinchi tomon mahsulot, jarayoi yoki xizmat berilgan talablarga muvofiqligini yozma ravishda tasdikdaydigan muolajadir≫. Bunday tasdiqlashning tan olingan usuli bo’lib muvofiqlik sertifikati xizmat qiladi. Umumiy holda ≪muvofiqlik≫ atamasi ≪mahsulotga (jarayonga, xizmatga) oid berilgan talablarga rioya qilinishi≫ sifatida taʼriflangan.
Muvofiqlikni sertifikatlash orkali tasdiqlash maʼlum muolaja qoidalari bo’yicha uchinchi tomonning majburiy ishtirok etishini nazarda tutadi. Uchinchi tomon, bu yetkazib beruvchiga (birinchi tomon) xam, isteʼmolchiga (ikkinchi tomon) xam bog’liq bo’lmagan shaxs yoki organdir.
Sertifikatlashtirish xalqaro savdoni rivojlantirishga ko’mak berishi lozim. Biroq sertifikatlashtirish tizimi texnik to’siq bulishi xam mumkin. Savdodagi texnik to’siqlarni bartaraf etishda sertifikatlashtirish bo’yicha ish natijalarini o’zaro tan olish haqidagi bitimlar yordam beradi, ular boshka tomon faoliyati natijalarini tan oluvchi mamlakatlar soniga bog’liq ravishda bir tomonlama, ikki tomonlama, Ko’p tomonlama bo’ladi. Mohiyati bo’yicha, bu sertifikatlashtirish natijalarini o’zaro tan olishdir. Tan olish bo’yicha bitimlar milliy, hududiy va xalqaro darajalarda to’ziladi.
Bir tomonlama bitim bir tomonning boshka tomon ishining natijalarini qabul etishidan iboratdir. Ikki tomonlama bitim — bu o’zaro tan olish bo’yicha bitim bo’lib, u o’z ichiga har bir tomonning ikkinchi tomon ishini tan olishini o’z ichiga oladi.
Ko’p tomonlama bitim - bu ikkitadan ortik tomonlarning ish natijalarini o’zaro tan olishdir. Bu kabi bitim jumlasiga MDX, mamlakatlarining 1993 yili standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akreditlash bo’yicha YevroOsiyo davlatlararo kengashi doirasida qabul qilingan bitim taalluqlidir.
Sertifikatlashtirishning bosh tashkiliy va metodik tamoyillari quyidagilardan iborat:
- sertifikatlashtirish obʼekti x,akidagi axborotning haqqoniyligini taʼminlash;
- xolislik (obʼektivlik) ?samda tayyorlovchi va isteʼmolchiga bog’liqmaslik;
- xorijlik buyurtmachilarga nisbatan kamsitishni istisno etish;
- buyurtmachining sertifikatlashtirish bo’yicha organni va sinov laboratoriyasini tanlash huquqi;
- sertifikatlashtirish ishtirokchilari va ekspertlarning javobgarligi;
- sertifikatlashtirish natijalari haqidagi yoki sertifikatning, muvofiqlikning (muvofiqlik nishonining) muddati tugaganligi (bekor qilinganligi) haqidagi axborotning ochiqligi;
- sinovlarning sertifikatlashtirish obʼektining, uni ishlab chikarish va isteʼmolchining xususiyatlarini xisobga olgan holda metodlarning xilma-xilligi va professionalligi (kasbiyligi);
- sertifikatlashtirish bo’yicha faoliyatda NSO/XEKda va boshka xalqaro hujjatlarning tavsiyalari va qoidalaridan foydalanish;
- xorij sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari, sertifikatlari va muvofiqlik nishonlarining akkreditatsiyasini O’zbekiston ishtirok etayotgan turli bitimlar asosida tan olish;
- tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning maxfiyligiga rioya qilish;
- zarur bo’ladigan x,olatlarda isteʼmolchilar jamiyatlarini sertifikatlash bo’yicha jalb etish.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling