B. I. Ibraximov, X. A. Tashxodjayev


DC taqsimlash bloki quyidagi funksialarga ega


Download 131.61 Kb.
bet51/58
Sana15.06.2023
Hajmi131.61 Kb.
#1482891
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58
Bog'liq
YANGI MALUMOT ENERGIYA

DC taqsimlash bloki quyidagi funksialarga ega:
· Asosiy yuklamani chiqishida qisqa tutashuv va tok ko‘payishidan
himoyalsh funksiasi. Asosiy yuklamani liniya sig‘imi foydalanuvchi talabiga
ko‘ra o‘rnatish munkin.
· Batareya kirishida saqlagichlar ishlatiladi.qisqa tutashuv, tok ko‘-
payishidan avariya signallarini uzatish funksialarini himoyalsh ko‘rib
chiqilgan. Har doim ishni to‘xtash holatini aniqlash munkun.
· Qo‘ng‘iroqni ulab uzish, BLVD ulab uzgichi avto/qo‘lda, BLVD
ulangan/ulanmagan, BLVD ulanishi avto/qo‘lda, BLVD ulangan/ulanmagan.
· Batareyadagi tok qiymati va umumiy yuklama toki nazorat qilinadi.
· O‘zgarmas tok chiqishida kuchlanishni oshishini yoki kamayishini
ko‘rsatuvchi avariya signallar funksiyasi.
· DC ni barcha chiqishlari nosozliklarni aniqlash funksialariga ega.
Konfiguratsiya. DC taqsimlash bloklarini texnik parametrlari:
Parametr Spestifikatsiya Izoh
Nominal
kuchlanish
43,2—57,6 V DC
Umumiy yuklama 600 A
Batareya saqlagichi 500 A (2 ta tarmoq) Saqlagichlarga hizmat
ko‘rsatish sattivning orqa
tomonida amalga
oshiriladi
163 A.3 (saqlagich),
100 A.2 (saqlagich),
63A.2 (ulagich), 32A.2
(ulagich), 10A.2(ulagich).
LLVD Chiqish tarmog‘i yuklama tarmog‘i
(18 ta tarmoq)
63A.2, 32A.2, 10A.2 (ulagichlar),
BLVD yuklama tarmog‘i.
8.1.5. Zahira elektr ta’minotini invertor akkumulyator tizimi
Invertor akkumulyatorlardagi o‘zgarmas tokni o‘zgaruvchan 220 V ga
aylantiradi. Invertor quyidagi asosiy qurulmalardan tashkil topgan: invertor,
akumlyator batareyasi, zaryadlash qurulmasi va kontroller. Invertor —
o‘zgarmas tokni o‘zgaruvchan tokka aylantirish uchun ishlatiladi.
90
AB — tashqaridan elektr manba bo‘lmaganda, iste’molchilarni o‘zgarmas
tok bilan taminlaydi.
Zaryadlash qurulmasi — razryadlangan AB ni zaryadlash uchun
ishlatiladi.
Kontroller — AB ni zaryad va razryad, hamda tashqi kuchlanishni
nazorat qiladi. Agar tashqi kuchlanish belgilangan meyordan oshib ketsa
yoki uzilib qolsa, kontroller tizimga AB ga invertor orqali ulanish buyrug‘ini
beradi. Bu tizim aloqa qurulmalarini elektr energiya bilan ishonchli va
uzluksiz taminlanishini taminlaydi. Tashqi manba mavjud bo‘lganda bu
tizim tashqi manbani istemolchiga o‘tkazib yuboradi hamda akkumulyatorlarni
zaryad qurulmasi bilan zaryadlab turadi. Tashqi manba uzilib
qolganda bu tizim ishga tushadi va qurulmalar elektr energiyani AB dan
olishadi. O‘zgarmas tok iste’molchilari AB ga to‘g‘ridan to‘gri ulanadilar,
o‘zgaruvchan tok iste’molchilari elektr energiyani invertor orqali olishadi.
Tashqi manba tiklanganda tizim tashqi kuchlanishni sifatini analiz qilib,
avtomatik ravishda zaryad rejimiga o‘tadi va tashqi manba normal holga
kelmaguncha ishlashni davom ettiradi. Tashqi elektr manba normal holga
kelganda tizim normal rejimga o‘tadi. AB lar tashqi manba orqali
zaryadlanadi. Tizim sig‘imi 100 dan 1000 A.soat ega bo‘lgan AB bilan
taminlanadilar. Uzluksiz ta’minot tizimi dastur ta’minoti bilan taminlangan.
Tizim quyidagi ish rejimlariga ega:
1. Zahira elektr manba rejimi. Bu rejimda tashqi manba uzilganda
iste’molchilar akumlyatorga ulanadilar.
2. Tarmoqni qo‘llash rejimi. Yuklama eng yuqori bo‘lgan vaqtlarda
iste’molchilarni AB ga ulanishi taminlanadi. Bu rejim tashqi tarmoqni
quvvati yetarli darajada bolmaganda qo‘llaniladi. Bu holda AB si tungi
soatlarda zaryadlanadi, yuklama yuqori vaqtlarda esa batareya invertor
orqali istemolchilarni manba bilan ta’minlaydi.
3. Akkumulyatorlarni zaryadlash rejimi. Bu rejimda AB ni zaryadlash
jarayoni amalga oshiriladi. Asosan AB tungi soatlarda zaryadlanadi.

Download 131.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling