B. I. Ibraximov, X. A. Tashxodjayev


-rasm. Akkumulyator xonalarga qo‘yilgan talablar va


Download 131.61 Kb.
bet19/58
Sana15.06.2023
Hajmi131.61 Kb.
#1482891
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58
Bog'liq
YANGI MALUMOT ENERGIYA

29-rasm.
Akkumulyator xonalarga qo‘yilgan talablar va
texnik havtsizlik qoidalari:
Akkumulyator batareyalari mahsus alohida ajratilgan xonalarda
o‘rnatiladi. Bunga sabab akkumulyatorlarni zaryadlash vaqtida portlovchi
havfli gazlar hosil bo‘ladi. Bundan tashqari kislotali akkumulyatorlardan
sulfat kislotali tuman ajralib chiqadi. Bu tuman ishchi hodimlar va
qurilmalar uchun havfli hisoblanadi. Kislotali va ishqoriy akkumulyatorlar
bitta honaga o‘rnatish man etiladi. Akkumulyatorlar xonasi boshqa
xonalardan 1,5 m2 maydonga ega bo‘lgan tambur bilan ajratilgan bo‘lishi
kerak. Akkumulyator xonasi yonida distilyator xonasi mavjud. Bu xonada
elektrolid tayyorlash uchun kerak bo‘lgan komponentlar (Kislota,
disterlangan suv, ishqor, zahira qismlari) saqlanadi. Pol betondan bo‘lib,
yuza qismi kislotaga va ishqorga chidamli material bilan qoplangan bo‘lishi
31
kerak. Xona derazalari hovli tomonda bo‘lishi va matli oyanalar yoki och
rangga bo‘yalgan oynalar bo‘lishi kerak.
Devor, potalok, oyna romlari, ventilyatsiya karobkalari, stelajlar kislota
yoki ishqorga chidamli materiallardan tayyorlanishi kerak.
Akkumulyator xonasida ulab uzgichlar, rozetkalar o‘rnatilishi qatiyan
man etiladi.
Yorug‘lik lampalari mahsus qobiq bilan himoyalangan bo‘lishi kerak,
xona ventilyatsiya bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
Akkumulyatorlar stelajlarga joylashgan bo‘ladi. Stelajlar yog‘och yoki
metaldan bo‘lishi mumkin. Stellajlar bir qavatli, ikki qavatli, bir qatorli va
ikki qatorli bo‘lishi mumkin.
Akkumulyatorlarni ishlatishda va ular hizmat ko‘rsatishda texnik
eksplotatsiya va texnik havsizlik qoidalariga rioya qilish kerak.
Birinchi galda akkumulyator xonasini ishchilari mahsus kiyim va himoya
vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
Akkumulyatorlarni zaryadlashda va battareyalarni tuzatishda respiratorlardan
foydalanish kerak.
Kislota ishqor yoki elektrolit bilan ishlaganda rezina qo‘lqoplar, rezina
kalishlar, rezina fartuk va himoya ko‘zoynaklaridan foydalanish kerak bo‘ladi.
Agarda tashqi ochiq qismlarga kislota yoki ishqor tegsa zudlik bilan
zararlangan joyni avval suv bilan so‘ngra neytralantiruvchi suyuqlik bilan
yuvish kerak. Kislota solingan butilka yoki kanistra zambillarda (nosilkalarda)
ikki kishi bo‘lib tashish tavsiya etiladi. Butilka yoki kanistralarni
qo‘lda yoki belda tashish man etiladi. Qattiq ishqorlarni qo‘l bilan olish
man etiladi buning uchun pinsetlar mavjud. Akkumulyator xonalarida
ovqatlarni, ichimlik suvlarini saqlash man etiladi.

Download 131.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling