B. I. Ibraximov, X. A. Tashxodjayev


IV BOB. TEKISLOVCHI FILTRLAR


Download 131.61 Kb.
bet27/58
Sana15.06.2023
Hajmi131.61 Kb.
#1482891
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58
Bog'liq
YANGI MALUMOT ENERGIYA

IV BOB. TEKISLOVCHI FILTRLAR
4.1. REAKTIV FILTRLAR
To‘grilagichning chiqishidagi to‘g‘rilangan kuchlanishning pulsatsiyasini
kamaytirishda tekislovchi filtrlar ishlatiladi. Har qanday tekslovchi filtr
kuchlanish pulsatsiyasini mo‘ljallangan kattalikda kamaytiradi, bu kamaytirish
tekslovchi koeffitsiyent — q orqali aniqlanadi ya’ni:
.
p
p
K
K
q=
Bu yerda Kp va K.p — tekislovchi filtrdan oldingi va tekislovchi filtrdan
keyingi pulsatsiya koeffitsiyenti.
Filtrning asosiy vazifasi yuklamadagi to‘g‘rilangan tok va kuchlanishning
o‘zgaruvchan tashkil etuvchisini kamaytirishdan iborat. Yuklamadagi
o‘zgaruvchan tashkil etuvchi tok va kuchlanish qancha kamaysa, to‘g‘rilangan
kuchlanish shuncha silliqlanadi.
Silliqlovchi filtrlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) manbaning normal ish jarayoniga ta’sir o‘tkazmasligi kerak;
b) avvaldan belgilangan silliqlash koeffitsiyenti ta’minlanishi kerak;
d) o‘zgarmas tashkil etuvchi kuchlanish va quvvat kam miqdorda isrof
bo‘lishi lozim;
49-rasm.
0 30 60 90 120 150 180
48
e) filtrning xususiy tebranish chastotasi kuchlanishning o‘zgaruvchan
tashkil etuvchi chastotasidan farqli bo‘lishi kerak, chunki to‘g‘rilagichning
zanjirida rezonans hosil bo‘lishi mumkin;
f) kichik hajmli, yengil hamda arzon va puxta bo‘lishi lozim.
Yuklamadan kichik pulsatsiyali kuchlanish olish uchun yuklama bilan
sig‘im parallel ulanadi (50-rasm).
To‘g‘rilagichdagi diod ochiq holatdaligida undan tok o‘tadi va sig‘imga
elektr energiya yig‘iladi. Diodga teskari kuchlanish to‘g‘ri kelganda diod
berk holatda bo‘ladi, sig‘imdagi yig‘ilgan elektr energiya yuklamaga razryadlanadi
va yuklama orqali uzluksiz yuklama toki oqadi. Shu bilan bir qatorda
tok va kuchlanish pulsatsiyasi kamayadi. Bunday filtrlarning kam quvvatli
to‘g‘rilagichlarda ishlatilishi ma’qul hisoblanadi.
Bitta yarim davrli to‘g‘rilagichlar uchun sig‘im toifali filtr sig‘imi quyidagicha
hisoblanadi:
0
0
0
50I
U
C » .
Ikki yarim davrli to‘g‘irlagich uchun sig‘im quyidagicha aniqlanadi:
0
0
0
25I
U
C » .
Bu yerda: C0 — filtrning kirishdagi sig‘im; U0, I0 — to‘g‘rilangan kuchlanish
va tok.
Filtr elementlarini ketma-ket yoki parallel ulab murakkablashtirgan
sari chiqish kuchlanishi va tokning silliqlanishi yaxshilanadi. Filtrning
elementlari sifatida induktivlik, aktiv qarshilik va sig‘imlar ishlatiladi.
Bunday elementlardan tashkil topgan filtrlar passiv filtrlar deyiladi. Induktiv
elementlardan tashkil topgan filtrlarda (50-b rasm) o‘zgaruvchan kuchlanish
induktivlikda kamayadi, chunki uning qarshiligi XLf =w.Lf yuklama
qarshiligidan katta bo‘ladi. Yuklamalarga paralel ulangan sig‘im (50-a rasm)
yuklama qarshiligini shuntlaydi va uning qarshiligi yuklama qarshiligidan
kichkina bo‘lganligi uchun to‘g‘rilangan tok o‘zgaruvchan tashkil
etuvchisining aksariyati sig‘imdan o‘tadi. O‘zgarmas tashkil etuvchi to‘kka
nisbatan sig‘imning qarshiligi XCf juda katta bo‘lganligi uchun to‘g‘rilangan
tok yuklamadan o‘tadi. Filtrning elementlari bilan silliqlovchi koeffitsent
orasidagi munosabat quydagi fo‘rmula bilan aniqlanadi.
4
2 2
2,5.10 ( +1)
.
. = f f
t
q
m f
L C .
49
Bu yerda ft — tarmoq chastotasi, Hz; m — to‘g‘rilangan fazalar soni (bir
fazali to‘g‘rilagich uchun m = 1). Ikki yarim davrli to‘g‘rilagichlar uchun
quyidagi fo‘rmula qulay hisoblanadi.
Lf.Cf = 2,5(q + 1).
Lf va Cf lar aniqlanganda quydagi shart bajarilishi kerak:
1
.
. >
m t Cf
m t
w
w .

Download 131.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling