B. I. Ibraximov, X. A. Tashxodjayev


O‘ZGARMAS TOK ORQALI KUCHLANISHNI SILJITISH


Download 131.61 Kb.
bet25/58
Sana15.06.2023
Hajmi131.61 Kb.
#1482891
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58
Bog'liq
YANGI MALUMOT ENERGIYA

3.6. O‘ZGARMAS TOK ORQALI KUCHLANISHNI SILJITISH
Kuchlanishni o‘zgarmas tok orqali siljitish o‘zgaruvchan qarshilik (ko‘mir
tayoqcha, o‘zgaruvchan qarshilik va boshq.) orqali yoki chiqishiga
kuchlanishni oshiruvchi siljituvchi qurilma ulash orqali amalga oshiriladi.
43
Ko‘mir tayoqchali kuchlanishni
siljituvchi qurilma 44-rasmda ko‘rsatilgan
bo‘lib, bular aloqa qurilmalarining
manbalarida ishlatiladi.
Qurilmaning ko‘mir tayoqchasi
gardishli ko‘mir bo‘lakchalaridan
yig‘ilgan bo‘lib, tayoqchaning qarshiligi
R tayoqchadagi ko‘mir gardishlarining
siqilishiga bog‘liq. Prujina P
ko‘mir tayoqchani siqib turishi natijasida
ko‘mir tayoqchaning qarshiligi
Rc ga kamayadi. Elektromagnit E
g‘altagiga tok kelganda siljituvchi
qurilmaning yakori Y ni tortadi va
ko‘mir tayoqchaning siqilishi bo‘shashadi,
natijada qarshilik Rc oshadi. Ko‘mir tayoqcha qarshiligining ta’siri
natijasida chiqishdagi siljigan kuchlanish kirish kuchlanishidan kichkina
bo‘ladi:
Uyuk = U - I.Rc
Agarda noma’lum sabablarga ko‘ra Uyuk oshsa, elektromagnitdagi tok
oshadi va yakorni avvalgidan ham ko‘proq tortadi. Natijada tayoqchaning
gardishlarini siqilib turishi bo‘shashadi, bu esa Rc qarshilikning oshishiga
olib keladi. Ko‘mir tayoqchadagi kuchlanishning qarshilikka uchrashi
chiqish kuchlanishi Uyuk ning kamayishiga olib keladi. Yuklama sxemaga
ulaganda elektromagnitdan oqayotgan tok yuklama qarshiligiga ketma-ket
ulanishi kerak, ya’ni siljitgich qurilmaning qarshiligi boshqarilayotgan tokka
bog‘liq bo‘ladi. Qurilma quyidagi kamchiligi ega: inersiyali, og‘irlik va
hajm ko‘rsatkichlari yuqori, siljitish aniqligi past.
3.7. BOSHQARILUVCHI VENTILLI TO‘G‘RILAGIEHLAR
Ko‘p hollarda to‘g‘rilagichlardan o‘zgaruchan kuchlanishni o‘zgarmas
kuchlanishga aylantirish bilan bir qatorda, o‘zgarmas kuchlanishni ravon
o‘zgartirish talab qilinadi. Bunday o‘zgartirish to‘g‘rilagichning o‘zgaruvchan
kuchlanish qismida ham amalga oshirish mumkin va o‘zgaruvchan
kuchlanishni o‘zgarmas kuchlanishga aylantirilayotgan jarayonda ham amalga
oshirish mumkin. To‘g‘rilagichning o‘zgaruvchan kuchlanish qismida ravon
o‘zgartirish transformatorlar, avtotransformatorlar orqali amalga oshiriladi.

Download 131.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling