B. I. Ibraximov, X. A. Tashxodjayev
O‘zgarmas tok mashinalari
Download 131.61 Kb.
|
YANGI MALUMOT ENERGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22-rasm.
1.4.3. O‘zgarmas tok mashinalari
O‘zgarmas tok mashinalari aloqa korhonalarining elektr ta’minoti qurilmalarida zaryad va bufer energiya manbalari, o‘zgarmas kuchlanish elektromagnit o‘zgartirgichlari sifatida uzluksiz ta’minot qurilmalarida keng qo‘llaniladi. Eng oddiy o‘zgarmas tok generatori doimiy magnit va uning qutblari oralariga joylashtirilgan ramkadan iborat. Ramkaning boshi va ohirining uchlari ikkita 1 va 2 yarim segmentlarga biriktirilgan (22-rasm). Yarim halqalar bilan sirpanuvchan elsktr kontaktta ega bo‘lgan qo‘zg‘almas A va B cho‘tkalarga generatorning yuklamasi ulanadi. Ramka magnit maydon qutblarida orasida aylanganida uning aktiv o‘tkazgichlarida elektromagnit induksiya qonuniga muvofiq o‘zgaruvchan EYuK vujudga keladi. Agar ramka tekisligi aylanishdan oldin gorizontal holatda bo‘lsa, u holda undagi EYuK nol qiymatdan o‘zgara boshlaydi (23-rasm). Bu EYuK birinchi yarim aylanishda (ramkaning av tomoni shimoliy qutb ta’siri ostida 22-rasm. Eng oddiy o‘zgarmas tok generatori chizmasi 23-rasm. Eng oddiy o‘zgarmas tok generatorining vaqt diagrammalari. 24 bo‘lish vaqti) maksimal qiymatgacha ortadi va o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmagan holda nolgacha kamayadi. Binobarin, ramka zanjiri berk bo‘lganligi uchun bu EYuK ta’sirida yuklamadan tok oqib o‘tadi. Ikkinchi yarim aylanishda ramkaning ab tomoni janubiy qutb ta’siri ostiga, cd tomoni esa shimoliy qutb ta’siri ostiga kiradi. Bu yo‘nalish natijasida ulardagi EYuK teskarisiga o‘zgaradi. Lekin bu bilan birga ab tomonga biriktirilgan 1 yarim halqa A cho‘tka ostidan chiqib B cho‘tka ostiga kiradi, cd tomonga biriktirilgan 2 yarim halqa esa B cho‘tka ostidan chiqib A cho‘tka ostiga kiradi. Shunday qilib A va B cho‘tkalar vaqtning istalgan momentida mos ravishda mos qutbda EYuK induksiyalangan o‘tkazgich bilan bog‘lanadi. Buning natijasida yuklamada tok bir yo‘nalishda oqib o‘tadi va ikkinchi yarim davrda birinchi yarim aylanishdagi o‘zgarish takrorlanadi. Ramkaning bir marta to‘liq aylanishida tokning o‘zgarish qonuni 23-rasmda ko‘rsatilgan tartibda bo‘ladi. Ramkaning keyingi aylanishlarida jarayon takrorlanadi va yuklama orqali bir yo‘nalishdagi pulslanuvchi tok oqib o‘tadi. Cho‘tkalardagi kuchlanish tok shaklini takrorlaydi. Generator qisqichlaridagi to‘g‘rilangan kuchlanish aylanuvchan yarim halqalar va qo‘zg‘almas cho‘tkalar yordamida olinadi. Biroq, 23-rasmdan ko‘rinadiki, yuklamadagi tok va kuchlanish to‘g‘rilangan hisoblansada kattaligi jixatidan o‘zgarmas emas. To‘g‘rilangan tokning o‘zgarmas bo‘lishiga birinchi yaqinlashishda magnit qutblari oralariga birinchisiga nisbatan 90° burchak ostida joylashtirilgan ikkinchi o‘hshash ramka kiritiladi. Har bir ramkaning boshi va uchlari to‘rt yarim halqalarning biriga mustahkam biriktiriladi (24-rasm). To‘g‘rilangan tokning o‘zgarmas bo‘lishiga birinchi yaqinlashishda magnit qutblari oralariga birinchisiga nisbatan 90° burchak ostida joylashtirilgan ikkinchi o‘hshash ramka kiritiladi. Har bir ramkaning boshi va uchlari kontakt yarim halqalarning biriga mustahkam biriktiriladi. A va B cho‘tkalar dastlabki holatida qoladi. Bir-biridan 90° ga surilgan ramkalar aylanganda ularda sinusoidal EYuK vujudga keladi. Har bir ramkaning bir marta aylanishida 1—2 va 3—4 yarim halqalar juftligi cho‘tkalar bilan ikki marta ishqalanadi. Buning natijasida yuklamadagi kuchlanish ramkalardagi EYuK lardan tashkil topadi (25-rasm). Ramkalardagi EYuK to‘g‘rilanadigan 1, 2, 3 va 4 yarim halqalar kollektor deyiladi 25-rasmdan ko‘rinadiki, olingan tok va kuchlanish kattaligi Download 131.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling