B. I. Ibraximov, X. A. Tashxodjayev


O‘zgarmas tok mashinalari


Download 131.61 Kb.
bet15/58
Sana15.06.2023
Hajmi131.61 Kb.
#1482891
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58
Bog'liq
YANGI MALUMOT ENERGIYA

1.4.3. O‘zgarmas tok mashinalari
O‘zgarmas tok mashinalari aloqa korhonalarining elektr ta’minoti
qurilmalarida zaryad va bufer energiya manbalari, o‘zgarmas kuchlanish
elektromagnit o‘zgartirgichlari sifatida uzluksiz ta’minot qurilmalarida keng
qo‘llaniladi.
Eng oddiy o‘zgarmas tok generatori doimiy magnit va uning qutblari
oralariga joylashtirilgan ramkadan iborat. Ramkaning boshi va ohirining
uchlari ikkita 1 va 2 yarim segmentlarga biriktirilgan (22-rasm). Yarim
halqalar bilan sirpanuvchan elsktr kontaktta ega bo‘lgan qo‘zg‘almas A va
B cho‘tkalarga generatorning yuklamasi ulanadi. Ramka magnit maydon
qutblarida orasida aylanganida uning aktiv o‘tkazgichlarida elektromagnit
induksiya qonuniga muvofiq o‘zgaruvchan EYuK vujudga keladi.
Agar ramka tekisligi aylanishdan oldin gorizontal holatda bo‘lsa, u
holda undagi EYuK nol qiymatdan o‘zgara boshlaydi (23-rasm). Bu EYuK
birinchi yarim aylanishda (ramkaning av tomoni shimoliy qutb ta’siri ostida
22-rasm. Eng oddiy o‘zgarmas tok
generatori chizmasi
23-rasm. Eng oddiy o‘zgarmas tok
generatorining vaqt diagrammalari.
24
bo‘lish vaqti) maksimal qiymatgacha ortadi va o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmagan
holda nolgacha kamayadi. Binobarin, ramka zanjiri berk bo‘lganligi
uchun bu EYuK ta’sirida yuklamadan tok oqib o‘tadi.
Ikkinchi yarim aylanishda ramkaning ab tomoni janubiy qutb ta’siri
ostiga, cd tomoni esa shimoliy qutb ta’siri ostiga kiradi. Bu yo‘nalish
natijasida ulardagi EYuK teskarisiga o‘zgaradi. Lekin bu bilan birga ab
tomonga biriktirilgan 1 yarim halqa A cho‘tka ostidan chiqib B cho‘tka
ostiga kiradi, cd tomonga biriktirilgan 2 yarim halqa esa B cho‘tka ostidan
chiqib A cho‘tka ostiga kiradi. Shunday qilib A va B cho‘tkalar vaqtning
istalgan momentida mos ravishda mos qutbda EYuK induksiyalangan
o‘tkazgich bilan bog‘lanadi. Buning natijasida yuklamada tok bir yo‘nalishda
oqib o‘tadi va ikkinchi yarim davrda birinchi yarim aylanishdagi o‘zgarish
takrorlanadi. Ramkaning bir marta to‘liq aylanishida tokning o‘zgarish
qonuni 23-rasmda ko‘rsatilgan tartibda bo‘ladi. Ramkaning keyingi
aylanishlarida jarayon takrorlanadi va yuklama orqali bir yo‘nalishdagi
pulslanuvchi tok oqib o‘tadi. Cho‘tkalardagi kuchlanish tok shaklini
takrorlaydi.
Generator qisqichlaridagi to‘g‘rilangan kuchlanish aylanuvchan yarim
halqalar va qo‘zg‘almas cho‘tkalar yordamida olinadi. Biroq, 23-rasmdan
ko‘rinadiki, yuklamadagi tok va kuchlanish to‘g‘rilangan hisoblansada
kattaligi jixatidan o‘zgarmas emas.
To‘g‘rilangan tokning o‘zgarmas bo‘lishiga birinchi yaqinlashishda magnit
qutblari oralariga birinchisiga nisbatan 90° burchak ostida joylashtirilgan
ikkinchi o‘hshash ramka kiritiladi. Har bir ramkaning boshi va uchlari to‘rt
yarim halqalarning biriga mustahkam biriktiriladi (24-rasm).
To‘g‘rilangan tokning o‘zgarmas bo‘lishiga birinchi
yaqinlashishda magnit qutblari oralariga birinchisiga
nisbatan 90° burchak ostida joylashtirilgan
ikkinchi o‘hshash ramka kiritiladi. Har bir ramkaning
boshi va uchlari kontakt yarim halqalarning biriga
mustahkam biriktiriladi. A va B cho‘tkalar dastlabki
holatida qoladi. Bir-biridan 90° ga surilgan ramkalar
aylanganda ularda sinusoidal EYuK vujudga keladi.
Har bir ramkaning bir marta aylanishida 12 va
34 yarim halqalar juftligi cho‘tkalar bilan ikki marta
ishqalanadi. Buning natijasida yuklamadagi
kuchlanish ramkalardagi EYuK lardan tashkil topadi
(25-rasm). Ramkalardagi EYuK to‘g‘rilanadigan 1,
2, 3 va 4 yarim halqalar kollektor deyiladi 25-rasmdan
ko‘rinadiki, olingan tok va kuchlanish kattaligi

Download 131.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling