B. I. Ibraximov, X. A. Tashxodjayev
Download 131.61 Kb.
|
YANGI MALUMOT ENERGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- ELEKTR MANBA TURLARI 2.1. O‘ZGARMAS TOK MANBALARI
- 2.1.1. Galvanik elementlar (GE)
27-rasm. O‘zgarmas tok
generatorining chulg‘amining tuzulishi. a) b) 27 a) parallel qo‘zqatishli yoki shunt qo‘zqatishli generatorlar; b) ketma-ket qo‘zqatishli series generatorlar; d) aralash qo‘zqatishli yoki kompaund generatorlar. Parallel qo‘zqatishli generatorlarda qo‘zg‘atish chulg‘ami yakor chulg‘amiga parallel ulanadi. Ketma-ket qo‘zqatishli generatorlarda esa qo‘zg‘atish chulg‘ami yakor chulg‘amiga ketma-ket ulanadi. Aralash qo‘zqatishli generatorlarning qo‘zg‘atish chulg‘ami ikkita bo‘ladi. Biri yakor chulg‘amiga parallel, ikkinchisi esa yakor chulg‘amiga ketma-ket ulanadi. Mustaqil qo‘zqatishli o‘zgarmas tok generatorlarining kamchiligi qo‘- shimcha energiya manbayining zarur bo‘lishidir. ELEKTR MANBA TURLARI 2.1. O‘ZGARMAS TOK MANBALARI Aloqa apparaturalarini elektr ta’minoti uchun asosan ikki turdagi kimyoviy tok manbalari qo‘llaniladi: 1. Galvanik elementlar (GE) Bu bir marotaba ishlatiladigan tok manbayi hisoblanadi. GE larda qayta tiklanmaydigan elektraximik jarayonlar hosil bo‘ladi ya’ni razryadlanish vaqtida hosil bo‘lgan kimyoviy element oldingi holatga qaytish imkoniyatiga ega emas. GE larni elektr toki orqali zaryadlab bo‘lmaydi. 2. Akkumulyatorlar Akkumulyatorlar kop marotaba ishlatiladigan manba hisoblanadi. Akkumulyatorlarda qayta tiklanadigan elektrximik jarayonlar sodir bo‘ladi, ya’ni razryadlanish vaqtida hosil bo‘lgan kimyoviy element oldingi holatiga qaytish imkoniyatiga ega. Bu holat akkumulyatorlarni elektr to‘ki bilan zaryadlash orqali amalga oshiriladi. 2.1.1. Galvanik elementlar (GE) GE larni marganetsli-sinkli (MS) va havo marganetsli-sinkli turlari qo‘llaniladi. Konstruksiyasi bo‘yicha bu elementlar silindrik, galetli va to‘g‘ri burchaklilarga bo‘linadi. Silindrik elementlarni idishi sinkdan bo‘lib manfiy elektrodni hosil etadi. Musbat elektrod sifatida ko‘mir sterjeni qo‘llaniladi. Bu sterjen atrofida aktiv material aglomerat joylashtiriladi. Aglomerat, marganes va grafitdan tashkil topgan. Aglomerat nashatir bilan shimdirilgan musbat elektrod sink idishni ichiga joylashtiriladi. Oradagi bo‘shliq quyiltirilgan nashatir bilan to‘lldiriladi va u elektrolidni hosil qiladi. 28 Galet turdagi elementlar idishga ega emas. Musbat elektrod brinet ko‘- rinishida tayyorlanadi, manfiy elektrod vazifasini sink idish bajaradi. Elektrodlar orasiga nashatir simdirilgan karton o‘rnatiladi. Havo marganetsli, sinkli elementlarda marganets bilan bir qatorda kislarod ishlatiladi. Bu kislarod havodan olinadi. Download 131.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling