B. I. Ibraximov, X. A. Tashxodjayev
Download 131.61 Kb.
|
YANGI MALUMOT ENERGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 25-rasm.
24-rasm. Eng oddiy
o‘zgarmas tok generatorida ramkalar sonining oshirilishi. 25 jixatidan sezilarli kichik tebranishga ega. Agar mana shu prinsip buyicha qutblar oraliqidagi ramkalar soni ko‘paytirilsa, cho‘tkalardagi kuchlanish va yuklamadagi tokni deyarli o‘zgarmas olish mumkin. Eng oddiy o‘zgarmas tok generatori kator mavjud kamchiliklarga ega, undagi magnit oqimi kuchsiz, o‘tkazgichning aktiv uzunligi kichik, buning natijasida generator qisqichlaridagi kuchlanish kattaligi jixatdan va shaklan pul'satsiyasi talab kilingan darajada bo‘lmaydi. Zamonaviy generatorlar konstruksiyasi bu kamchiliklarni to‘g‘rilash imkonini beradi (26-rasm). Zamonaviy generator, qo‘zg‘almas jism-statina va aylanuvchan jism yakordan iborat. Stanina yirik mashinalar uchun po‘latdan, kichik mashinalar uchun cho‘yandan yasaladi va unga qutblarning o‘zaklari o‘rnatiladi. Bosh qutb staninaning ichki sirtiga o‘rnatilgan bo‘lib, unga qo‘zg‘atishchulg‘am lari o‘ralgan. Bosh qutb mashinaning asosiy magnit 25-rasm. Eng oddiy o‘zgarmas tok generatorida ramkalar soni oshirilgandagi kuchlanish va tok diagrammalari. 26-rasm. O‘zgarmas tok generatori. 26 maydonini hosil qiladi. Magnit maydonini tekis tarkalishi uchun bosh qutbga uchlik o‘rnatilgan. Yakor silindrsimon o‘zak bo‘lib, o‘qqa o‘rnatiladi. Yakor qalinligi 0,35 yoki 0,5 mmli elektrotehnik po‘lat plastinalar to‘plamidan tayyorlanadi. Uyurma toklarga bo‘ladigan kuvvat isrofini kamaytirish maqsadida plastinalar bir-birlaridan izolyatsiya qilinadi. Aylanuvchi yakorning chulg‘amlarida o‘zgaruvchan EYuK hosil qilinib, kollektor va cho‘tkalar yordamida generatordan o‘zgarmas tok olinadi. Yakor chulg‘ami izolyatsiyalangan mis simdan iborat bo‘lib, u alohida-alohida seksiya qilinib yasalgandan so‘ng yakorning o‘zagidagi ariqchalarga joylashtirladi. Chulg‘am yakorning o‘zagidan yahshilab izolyatsiya qilinadi va mahsus yog‘och ponalar yordamida ariqchalarga mahkamlanadi (27-rasm). Chulg‘am ning uchlari kollektor plastinalariga biriktiriladi. Kollektor silindr shaklida bo‘lib, misdan yasalgan alohida-alohida plastinalardan iboratdir. Korpusdagi tutqichga o‘rnatilgan cho‘tkalar yordamida kollektordan tok olinadi. Cho‘tkalar ko‘mir, grafit, mis yoki bronzadan yasaladi. Agar yakor chulg‘ami, cho‘tkalar va kollektorlar kontaktlari qarshiliklaridan iborat bo‘lgan mashinaniig ichki qarshiligini gya orqali belgilasak, u holda yakordagi tok quyidagicha aniqlanadi: Iyu = E + (Ri/Ryu) Iyuq Ryu = U, (U — yuklangan generator qisqichlaridagi kuchlanish) ekanligini hisobga olsak, generator EYuKlari muvozanat tenglamasini olamiz: U = E - Iyuq Ri O‘zgarmas tok generatorlarining hususiyatlari ularning qo‘zg‘atish sxemasiga qarab, ya’ni tok bosh qutbning qo‘zg‘atish chulg‘amlariga qanday berilishiga qarab turlicha bo‘ladi. O‘zgarmas tok generatorlari magnit maydoni qo‘zg‘atish usuliga qarab mustaqil qo‘zqatishli va o‘z-o‘zidan qo‘zqatishli bo‘ladi. Mustaqil qo‘zqatishli generatorlarning qo‘zg‘atish chulg‘amlariga beriladigan tok tashqi manbadan (akkumulyator yoki boshqa generator) olinadi. O‘z-o‘zidan qo‘zqatishli generatorlarning qo‘zg‘atish chulg‘amlariga beriladigan tok bevosita generatorning o‘zidan-yakoridan olinadi. O‘z-o‘zidan qo‘zqatishli generatorlar 3 hil bo‘ladi: Download 131.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling