B. I. Ibraximov, X. A. Tashxodjayev
Download 131.61 Kb.
|
YANGI MALUMOT ENERGIYA
16-rasm. Fazalarning siljish diagrammasi.
a) A, B, C chulg‘am larning aylanish sxemasi. b) Bu maydon rotor chulg‘am larini kesib o‘tib, unda E2 EYuKni hosil qiladi: E2 = 4,44.f .K2.W2.F, bu yerda: K2 — rotor chulg‘amining joylashtirish usuliga bog‘liqbo‘lgan chulg‘am koffitsiyenti; W2 — rotor chulg‘amining o‘ramlari soni. 18 17-rasm. Vaqtning T1—T4 momentlari uchun A, B, C chulg‘amlarning aylanish sxemalari. Rotor chulg‘am lari qisqa tutashtirilgan bo‘lganligi uchun undan I2 tok oqib o‘tadi. Bu tok aylanuvchan magnit maydoni bilan o‘zaro ta’sirlashib rotorni aylanuvchan magnit yo‘nalishida aylanishga tortadigan FQ kuchni hosil qiladi. O‘z navbatida FQ kuch rotorni aylanishiga majburlaydigan Mayl aylantiruvchi momentni hosil qiladi. Uning ta’sirida rotor n2 tezlikda aylana boshlaydi (rotor chulg‘am lari ko‘p bo‘lganligi uchun dvigatelning aylantiruvchi momenti barcha chulg‘am lar aylantiruvchi momentlari yig‘indisiga teng bo‘ladi). Dvigatel rejimida n1 > n2, ya’ni rotor maydoni statorning aylanuvchan magnit maydonidan orqada qoladi. Agar n1 = n2 bo‘lsa, rotor stator maydoniga nisbatan harakatlanmaydi, demak uning chulg‘amlarida EYuK va toklar vujudga kelmaydi, ya’ni aylantiruvchi moment bo‘lmaydi va rotorning aylanishi to‘xtaydi. n1 sinhron tezlik deyiladi, asinxron dvigatellarda rotorning tezligi undan kichik bo‘ladi. Statorning magnit maydoni rotorga nisbatan ns = n2 - n1 ayl/minga tezroq aylanadi. Asinxron dvigatellarda rotorning stator maydonidan orqada qolishini sirpanish kattaligi S = ns/n1 bilan nisbiy birliklarda yoki foizlarda harakterlash qabul qilingan: S, (%)=(n1-n2).100%/n1 19 Agar rotor to‘xtagan S = 1 yoki 100% bo‘lsa, va dvigatel sinxron tezlikka etsa S = 0, ya’ni dvigatel rejimida S0 dan 1 gacha o‘zgaradi. Agar tashqi aylantirish manbayi orqali rotor stator magnit maydoni yo‘nalishiga qarama-qarshi yo‘nalishda aylantirilsa, u holda 1 2 1 = n -n > 1 n S . Bu rejim elektromagnit tormoz rejimi deyiladi. Agar rotorni stator magnit maydoni yo‘nalishida n2>n1 tezlikka bilan aylantirilsa, 1 2 1 0 = n -n < n S . Bu rejim generator rejimi deyiladi, lekin asinxron dvigatel odatda bu rejimda ishlamaydi. Dvigatelning ish jarayonida chulg‘am laridagi EYuK va tok chastotasi quyidagiga teng bo‘ladi: 1 2 1 1 2 1 2 ( ) 60 60 = P n -n . n = Pn . = n f S f S . EYuK esa quyidagiga teng bo‘ladi: E = 4,44.f2.W2.Kr.F=4,44.f1.S.W2.Kr.F=E2.S. Rotor chulg‘amining Z2 qarshiligi aktiv va induktiv tashkil etuvchilarga ega. Induktiv tashkil etuvchi chastotaga bog‘liq, u holda rotor chulg‘amining qarshiligi quyidagiga teng bo‘ladi: 2 2 2 Z = r + (x .S ) . U holda asinxron dvigatel ish jarayonidagi rotor zanjiridagi tok quyidagiga teng bo‘ladi: 2 2 2 2 = . / + . SIE S r x S. Dvigatelning aylantiruvchi momenti magnit oqimiga, rotor tokiga bog‘liq va quyidagicha aniqlanadi: MAYL=S.Fm I2s cos j2s, bu yerda: cosY2s rotordagi I2s tok va E2s EYuK orasidagi burchak, rotor chulg‘am larining qarshiligi S kattalikka bog‘liqbo‘lganligi uchun I2s ham S kattalikka bog‘liqbo‘ladi; Fm — statorning magnit oqimi; S — fazalar 20 sonini, juft qutblar sonini, chulg‘am o‘ramlari va uning konstruktiv tuzilishini hisobga oladigan konstruktiv koeffitsiyent. Shunday qilib, MAYL aylantiruvchi moment S sirpanishga bog‘liq bo‘lgan murakkab funkciyadir. Asinhron dvigatel uchun MAYL = f (S) bog‘liqlikni bilish muhimdir (18-rasm). Asinhron dvigatel MAYL aylantiruvchi moment yuklamaning Mt tormozlovchi momentiga teng bo‘lganida o‘zgarmas tezlikda barqaror ishlaydi. Yuklama qanchalik katta bo‘lsa, n2 shunchalik kichik va MAYL shunchalik katta bo‘ladi. Asinxron dvigatelning barharor ish soqasi 0...Smax oraliq hisoblanadi. Nominal yuklamada S = 0,03...0,05, ya’ni 3—5%, yuklama ortishi bilan S ortadi, salt ishlashda esa nolga yaqin bo‘ladi. S max...1 oraliq dvigatelning barqaror ish sohasi, ya’ni MAYL momentning juda kichik kamayishida sirpanish keskin ortadi va dvigatel to‘xtaydi. Download 131.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling