B. I. Ibraximov, X. A. Tashxodjayev
III BOB. ELEKTR ENERGIYANI O‘ZGARTIRISH
Download 131.61 Kb.
|
YANGI MALUMOT ENERGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 30-rasm. 31-rasmda uch fazali nol chiqishli to‘g‘rilagich keltirilgan. 31-rasm. 32-rasm.
III BOB. ELEKTR ENERGIYANI O‘ZGARTIRISH
3.1. TO‘G‘RILAGICHLARNING TURLARI VA TASNIFI O‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka o‘zgartiruvchi to‘g‘rilagichlarning ko‘plab turlari mavjud. Quyidagi sxemalarda ularning keng tarqalgan turlari keltirilgan. Bularni tartib bilan o‘rganish uchun ular quyidagi belgilarga asosan tasniflanadi: — faza kuchlanishining har bir yarim davrida yuklamadan oqadigan tokning xarakteriga qarab; — o‘zgaruvchan kuchlanishning fazalar soniga qarab; — manbaning fazalar soniga qarab. 32 Birinchi turdagi to‘g‘rilagichlarga bitta yarim davrli to‘g‘rilagich-kiradi (30-a, b, d rasm). a) bitta yarim davrli to‘g‘rilagich b) ikkita yarim davrli to‘g‘rilagich d) ikkita yarim davrli ko‘prikli to‘g‘rilagich 30-rasm. 31-rasmda uch fazali nol chiqishli to‘g‘rilagich keltirilgan. 31-rasm. 32-rasm. Uch fazali ko‘priksimon ulangan to‘g‘rilagich 33 To‘g‘rilagichlar ishlayotgan tarmog‘iga qarab bir fazali va uch fazali to‘g‘rilagichlarga bo‘linadi. Katta quvvatli to‘g‘rilagichlarda sun’iy ravishda olti fazali to‘g‘rilagichlar ishlatiladi (32, 33-rasmlar). 33-rasm. Olti fazali to‘g‘rilagich. To‘g‘rilagichlarda to‘g‘rilangan kuchlanishning fazalar sonini aniqlash uchun quyidagi ifodadan foydalaniladi: m = n.q. Bu yerda: m — to‘g‘rilangan fazalar, n — to‘g‘rilanuvchi kuchlanishning fazalar soni, q — yarim davrlar soni. To‘g‘rilagich qurilmasi chiqish parametrlari, ventil parametrlari, to‘g‘rilash sxemalari va transformator parametrlari bilan xarakterlanadi. Chiqish parametrlari quyidagilar: — to‘g‘rilangan kuchlanishning o‘rtacha qiymati — U0; — to‘g‘rilangan tokning o‘rtacha qiymati — I0; — to‘g‘rilangan tok zanjiridagi quvvat — P0 = U0 I0. Pulsatsiya koeffitsiyenti Kp to‘g‘rilangan kuchlanishning ta’sir etuvchi o‘zgaruvchan tashkil etuvchisi Um ni to‘g‘rilangan kuchlanishning o‘rtacha qiymati U0 ga nisbatiga tengdir, ya’ni Kp = Kpk = Umk / U0, bu yerda: k — garmonika tartibi. Transformatorning parametrlariga quyidagilar kiradi: — transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg‘amidagi tok va kuchlanishning haqiqiy qiymati (I1, I2, U1, U2); 34 — birlamchi chulg‘amdagi quvvat S1 = m1.I1.U1; — ikkilamchi chulg‘amdagi quvvat S2 = m2.I2.U2; — transformator quvvati Str = (S1 + S2)/2; — birlamchi chulg‘amning foydali ish koeffitsiyenti K1 = R0/S1; — ikkilamchi chulg‘amning foydali ish koeffitsiyenti K2 = R0/S2; — transformatorning foydali ish koeffitsiyenti Ktr = R0/Str; (m1 m2 — birinchi va ikkinchi chulg‘amning fazalar soni). Diodlarning parametriga quyidagilar kiradi: — ventil tokining o‘rtacha, ta’sir etuvchi va amplituda qiymati (Ior, I0, Im); — teskari kuchlanishning maksimal qiymati Utsk.max. Hozirgi vaqtda sanoatda diodning uch turi ishlab chiqarilyapti: — selenli; — germaniyli; — kremniyli. Selenli ventillar aluminiy asosda tayyorlanadi. Ularning teskari kuchlanishi 20 yo 45 V. Germaniyli ventillar suvli sovitgichlar bilan tayyorlanadi: BAB-200, BAB- 500, BAB-1000 larning to‘g‘ri toki 50.150 A gacha, teskari toki 20 yo 30 mA, teskari kuchlanishi bir necha yuz voltga boradi, FIK 0,98 ga teng. Kremniyli ventillar havo orqali sovitiladi. Ularning B va AE seriyalari mavjud. To‘g‘ri tok — 800 A gacha, BB va BEB da to‘g‘ri tok — 1250 A gacha boradi. Utesk ruxsat berilgan kuchlanish — 100 V yo 1500 V gacha; teskari tok Itesk = 1 yo 5 mA gacha. Kremniyli D203 va D226 turdagi ventillardan oqadigan to‘g‘ri tok 0,1 yo 10 A gacha. Teskari kuchlanish — 600 V gacha. Download 131.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling