1.4.2. Sinxron mashinalar
Sinxron mashinalar ham dvigatel, ham generator rejimlarida ishlashi
mumkin. Bu mashinalarning afzalliklari shundaki ularda barcha jarayonlar
sinxron (n1 = n2) tezliklarda bo‘lib o‘tadi, ya’ni rotorning aylanishlar soni
stator magnit maydoni aylanishlar soniga teng, ya’ni dvigatel uchun
n1 = n2 = 60 f1/p bog‘liqlik bajariladi (f1 ta’minot tarmoqi chastotasi), tashqi
aylantirish manbayi orqali aylantiriladigan generator uchun chiqish kattaligi
esa ishlab chiqariladigan EYuK ning f1 = pDn/60 (n = rotorning aylanish
tezligi) chastotasi hizmat qiladi.
Shundan kelib chiqib, bunday mashinalar sinxron mashinalar deyiladi.
hozirgi vaqtdagi deyarli barcha energiya sinhron generatorlardan olinadi.
Sinxron generatorni aylantiruvchi birlamchi dvigatelning turiga qarab bir
necha turlarga bo‘linadi:
— gidroelektrostansiyalarda; bu yerda birlamchi dvigatel gidroturbina
hisoblanadi, qutblari ko‘p sonli yaqqol ko‘rinadigan, kichik tezlikli
gidrogeneratorlar ishlatiladi;
— issiqlik elektr stansiyalarida; bu yerda birlamchi dvigatel bug‘ turbinasi
hisoblanadi, qutblari kam sonli va yaqqol ko‘rinmaydigan katta tezlikli
gidrogeneratorlar ishlatiladi;
18-rasm. Aylantiruvchi
momentning sirpanishga bog‘liqligi
chizmasi.
21
— kichik elektr stansiyalarida; masalan aloqa korhonalarining o‘z elektr
stansiyalarida; bu yerda birlamchi dvigatel dizel hisoblanadi, qutblari ko‘p
sonli va yaqqol ko‘rinadigan, katta va kichik tezlikli dizel generatorlari
ishlatiladi;
Uch fazali sinxron generatorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi
Sinxron generator barcha elektr mashinalar kabi stator va rotordan
iborat. Sinxron generatorlarning bir necha turlari mavjud. Ulardan
birinchisida yaqqol ko‘rinadigan qutblari statorda, uch fazali chulg‘am
lari esa rotor ariqchalariga joylashtiriladi. U holda stator elektrotehnik
po‘lat plastinalardan yig‘iladi, qutblarga esa qo‘zg‘atishcho‘lami o‘raladi,
u o‘zgarmas tokdan ta’minlanadi va mashinada doimiy magnit oqimini
hosil qiladi (19-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |