B. I. Ibraximov, X. A. Tashxodjayev
Download 131.61 Kb.
|
YANGI MALUMOT ENERGIYA
19-rasm. Sinxron generatorning ishlash prinsipi.
Rotor faza rotorli asinxron mashinalardagi kabi yasaladi, ya’ni unda ariqchalar o‘yiladi va unga o‘zaro 1200 ga surilgan va ko‘pincha yulduz sxemada ulanadigan uchta g‘altak dan iborat uch fazali chulg‘am joylashtiriladi. Chulg‘am lar ohirlari umumiy nuqtaga, boshlari esa rotor valiga mahkamlangan va bir-birlaridan izolyatsiyalangan uchta halqachalarga ulanadi. Har bir halqacha statorga mahkamlangan qo‘zg‘almas cho‘tka bilan sirpanma kontakt hosil qiladi. Bu cho‘tkalar orqali rotor chulg‘ am laridan yuklamaga EYuK uzatiladi (20-rasm). 20-rasm. Sinxron generatorning kuchlanish diagrammalari. 22 Elektr mashinalarda EYuK induksiyalanadigan jism yakor deyiladi. Bu holda yakor rotor hisoblanadi. Generatorning ishlash prinsipi quyidagicha. Doimiy magnit (yoki qo‘zg‘atishchulg‘ami hosil qiladigan elektromagnit) qutblari orasiga uch fazali g‘altak lar tizimi joylashtiriladi va tashqi aylantirish manbayi yordamida aylantiriladi. g‘altak lar doimiy magnit maydonida harakatlan-ganida ularda fazasi 2/3 ga, ya’ni davrning 1/3 jismiga surilgan EYuK vujudga keladi. Bu EYuK ning chastotasi f1 = p.n/60, bu yerda n = const bo‘lganida, chastota ham f = const bo‘ladi. Sanoat chastotasini f = 50 Hz olish uchun n = 3000 ayl/min. tezlikni ushlab turish kerak bo‘ladi. Agar mashinani p = 1 juft qutbli qilib yasalsa, n = 3000 ayl/min. tezlikni, agar mashinani r > 1 juft qutbli qilib yasalsa, n < 3000 ayl/min. tezlikni ta’minlashi kerak bo‘ladi. Bunday tuzilishdagi mashinani faqat kichik quvvatlarda (15 kW gacha) va kichik kuchlanishlarda (380/220 V) ishlab chiqarish mumkin, chunki yuqori kuchlanishlarni va toklarni harakatlanadigan kontaktlardan olish qiyin. Qo‘zg‘almas doimiy magnit maydonida uch fazali chulg‘amni aylantirish yoki bu maydonni qo‘zg‘almas uch fazali cho‘lg‘amga nisbatan aylantirish prinsipial farq qilmaydi. Shuning uchun sinxron mashi-naning ikkinchi tuzilishi mavjud bo‘lib, bunda uch fazali yakor chulg‘ami stator ariqchalariga joylashtiriladi, ya’ni stator asinxron mashinadagi kabi bo‘ladi, rotor esa qutblari yaqqol ko‘rinadigan bo‘ladi va uning qutblariga tashqi o‘zgarmas tok manbayidan ta’minlanadigan qo‘zg‘atish chulg‘ami o‘raladi (21-rasm). Rotorning valiga cho‘tkalar orqali tashqi ta’minot manbalaridan o‘zgarmas tok beriladigan ikkita izolyatsiyalangan halqalar mahkamlanadi. Rotor aylanadi va mos ravishda statorning magnit maydoni harakatlanadi. Magnit maydoni uch fazali chulg‘am larga nisbatan n tezlikda aylanadi va f = pqn/ 60 chastotali EYuK induksiyalanadi. Endi esa yuqori kuchlanishlar va toklar qo‘zg‘ almas chulg‘am lardan olinadi. Odatda bunday rotorlar p > 3 juft qutbli qilib yasaladi, mashinaning tezligini uncha katta bo‘lmagan (n = 1000 ayl/min.) tezlikli qilish mumkin. Agar yuqori tezlikni ta’minlash kerak bo‘lsa (ya’ni p < 3 juft qutblar sonini), u holda rotorning mehanik puhtaligini oshirish uchun 21-rasm. Sinxron generator rotorining chizmasi. 23 rotor qutblari yaqqol ko‘rinmaydigan tarzda ishlab chihariladi. U silindr shaklida bo‘lib, sirtiga ariqchalar o‘yiladi. Bu ariqchalarga o‘zgarmas tokni o‘tkazadigan va aylanuvchan doimiy magnit maydoni hosil qiladigan qo‘zg‘atishchulg‘ami joylashtiriladi. Odatda qutblari yaqqol ko‘rinmaydigan rotorlar p = 1 juft qutbli, ya’ni yuqori tezlikli tarzda ishlab chiqariladi. Har qanday tuzilishdagi sinxron mashinalarning ishlash prinsiplari bir hil. Download 131.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling