B. I. Ibraximov, X. A. Tashxodjayev


Download 131.61 Kb.
bet10/58
Sana15.06.2023
Hajmi131.61 Kb.
#1482891
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58
Bog'liq
YANGI MALUMOT ENERGIYA

14-rasm. Ikkilamchi chulg‘am fazalari almashtirilganda Y/Y ulanishdagi transformator
guruhini aniqlash chizmasi.
15
va o‘zgarmas tok mashinalariga bo‘linadi.
O‘zgaruvchan tok mashinalari asinxron va
sinhron mashinalarga bo‘linadi va bir fazali
yoki uch fazali bo‘lishi mumkin. Amalda
sinhron mashinalar generator, asinxron
mashinalar esa dvigatel rejimida ishlatiladi.
Barcha elektr mashinalarning ishlash
prinsipi elektrodinamika qonunlariga, ya’ni
elektromagnit induksiya va elektromagnit
kuchlar qonunlariga asoslangan. Agar doimiy
magnit yoki elektromagnit maydoni (N-S)
qutblari orasiga joylashtirilgan ramka n tezlik (soat mili yo‘nalishida) bilan
aylantirilsa (tashqi aylantirish manbayi yordamida), u holda elektromagnit
induksiya qonuniga binoan ramkaning aktiv a-b va c-d o‘tkazgichlarida
(magnit oqimi liniyalariga perpendikulyar harakatlanadigan) yo‘nalishi o‘ng
qo‘l qoidasi bilan aniqlanadigan EYuK induksiyalanadi (15-rasm).
Bu o‘tkazgichlar magnit oqimga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishlarda
bir vaqtda harakatlangani uchun undagi EYuK ham qarama-qarshi
yo‘nalishda bo‘ladi. Elektromagnit induksiya qonuniga binoan ikki o‘tkazgichlar
EYuK lari yig‘indisiga teng bo‘lgan ramkaning EYuK e = dF/dt shartdan
aniqlanadi, chunki F=BS, va V = const. U holda e=DBds/dt, ya’ni
magnit oqimining yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lgan ramka maydoni
o‘zgarsa EYuK o‘zgaruvchan sinusoidal bo‘ladi. Agar ramkaning uchlarini
tashqi yuklama orqali tutashtirsak, u holda EYuK ta’sirida berk zanjirdan
i tok oqib o‘tadi. Shunday qilib ramkani aylantirishga sarf bo‘lgan mehanik
energiya tashqi iste’molchiga uzatiladigan elektr energiyasiga aylanadi.
Agar magnit maydoniga (N-S) kiritilgan ana shu ramkaga tok berilsa,
u holda i tok va F magnit oqimining o‘zaro ta’sirlashishi natijasida
elektromagnit moment (M) vujudga keladi va ramkani aylantira boshlaydi.
Demak, elektr energiya mehanik energiyaga aylanadi, ya’ni mashina dvigatel
rejimida ishlaydi. Ramkaning magnit maydonda bir marta to‘liq aylanishida
EYuK sinusoidal ravishda bir davrni bosib o‘tadi. Bu sinusoidal EYuK
ning chastotasi ramkaning bir marta to‘liq aylanishida qutblar soniga bog‘liq.
Elektr mashinalarda kamida ikkita qutbli bo‘ladi (ular doimo juft sonli
bo‘ladi), ya’ni ularni juftlar (juft qutblar) deb hisoblanadi va r-juft qutbli
deb belgilash qabul qilingan. Bizning holda p = 1, lekin mashinalarda
ko‘p juft qutblar bo‘lishi mumkin, u holda ramka bir marta to‘liq aylanganda
unda sinusoidal EYuK ning bir necha davrlari vujudga keladi. EYuK ning
chastotasi f ~ r, lekin ramkaning aylanish tezligi 1 ayl/min emas, balki n
ayl/min ga teng, u holda mashinada induksiyalangan EYuK ning chastotasi

Download 131.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling