B. I. Ibraximov, X. A. Tashxodjayev
Download 131.61 Kb.
|
YANGI MALUMOT ENERGIYA
10-rasm. Avtotransformatorlarning elektr sxemasi.
11 beriladi. Salt ishlashda (U2 = 0, Zyu = 0) bo‘ladi. Birlamchi chulg‘am dagi quvvat yo‘qotishlarni e’tiborga olinmasa, EYuK lar muvozanat tenglamasini quyidagicha yozish mumkin. Birlamchi chulg‘am uchun: U1 = E1 = 4,44.W1.f.Fm Ikkilamchi chulg‘am uchun U2 = E2 = 4,44.W2.f.Fm Salt ishlash rejimidagi birlamchi va ikkilamchi chulg‘am lar EYuK lari nisbati avtotransformatorning transformatsiyalash koeffitsiyenti deyiladi. Agar ikkilamchi chulg‘am Zyu yuklamaga ulansa, ikkilamchi chulg‘am dan I2 tok oqib o‘tadi (I1 va I2 toklar doimo qarama-qarshi yo‘naladi). Avtotransformatordagi quvvat yo‘qotishlari transformatordagidan kam, shuning uchun bu yo‘qotishlar e’tiborga olinmasa, U1qi1 =U2qi2 deb qabul qilish mumkin. 1 1 2 2 I U 1 I U n = = Ya’ni avtotransformator uchun transformatordagi barcha asosiy munosabatlar saqlanib qoladi. Tarmoq kuchlanishi o‘zgarmaganda magnit oqimi o‘zgarishsiz bo‘ladi, u holda avtotransformatorning magnit muvozanat tenglamasi qo‘yidagi ko‘rinishda bo‘ladi: I1DW1 + I2DW2 = I0qW1 Chulg‘am ning A—X qismidan birlamchi va ikkilamchi zanjirlar toklari geometrik farqiga teng bo‘ladigan I1-2 tok oqib o‘tadi, ya’ni I1-2 = I1-I2. Agar salt ishlash toki e’tiborga olinmasa (I0 = 0) va I1 hamda I2 lar qarama-qarshi fazadaligi hisobga olinsa, ularning geometrik yig‘indisi arifmetik farqiga teng bo‘ladi, ya’ni I1-2 = I2 - I1 = I2 Kamaytiruvchi avtotransformatorlarda I2 > I1 va I1-2 tok yo‘nalishi bilan I2 tok yo‘nalishi mos tushadi kuchaytiruvchi avtotransformatorlar qator afzalliklar va kamchiliklarga ega. Avtotransformatorning transformatorga qaraganda afzalliklari bir hil foydali quvvatda ishlash va o‘raladigan sim kam sarflanadi (chunki A...X qismdan doimo toklar farqi oqib o‘tadiganligi uchun bu qismni ingichka 12 simdan o‘rash mumkin), kichik quvvat yo‘qotishlari, yuqori FIK, yuklama o‘zgarganda kuchlanishning kam o‘zgarishi hisoblanadi. Bu afzalliklar transformatsiya koeffitsiyenti birga yaqin bo‘lganda yuqori bo‘ladi, shuning uchun avtotransformatorlar ikkidan katta bo‘lmagan transformatsiya koeffitsiyentlarida qo‘llaniladi. Avtotransformatorda quvvat birlamchi chulg‘am dan ikkilamchi chulg‘am ga quvvat fazali elektromagnit yo‘l bilan emas, balki elektr yo‘l bilan chulg‘am lar orasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr aloqa orqali uzatiladi. Bu avtotransformatorning quyidagi kamchiliklarini yuzaga keltiradi: — yuqori kuchlanishni kichik kuchlanishli tarmoqqa o‘tish imkoniyati, chunki chulg‘am lar orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr aloqa bor. Shuning uchun agar energiya iste’molchisi yerga ulangan qutbga ega bo‘lsa, avtotransformatorni ishlatib bo‘lmaydi; — avtotransformator kichik qisqa tutashuv karshiligiga ega, ya’ni qisqa tutashuv toklari transformatordagiga qaraganda ancha katta bo‘ladi. Download 131.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling