B. I. Ibraximov, X. A. Tashxodjayev


UCH FAZALI TRANSFORMATORLAR


Download 131.61 Kb.
bet8/58
Sana15.06.2023
Hajmi131.61 Kb.
#1482891
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58
Bog'liq
YANGI MALUMOT ENERGIYA

1.3. UCH FAZALI TRANSFORMATORLAR
Ko‘pincha uch fazali tok energiyasini yuklamaga uzatish kerak bo‘ladi.
Bunday uzatishni uchta bir hil bir fazali transformator yoki bitta uch
fazali transformator orqali amalga oshirish mumkin. Odatda uch fazali
transformatorlar sterjenli tarzda, ya’ni yarmo orqali bog‘langan uchta
sterjenlardan iborat bo‘ladi (11 va 12-rasmlar).
11-rasm. Uch fazali 12-rasm. Chulg‘am larni yulduz va
transformator sxemasi. uchburchak sxemalarida
ulanishi chizmasi.
Har bir sterjenga bir fazaning har ikkala birlamchi va ikkilamchi chulg‘am
lar o‘raladi. Birlamchi chulg‘am larni A-X, B-Y, C-Z, ikkilamchi chulg‘am
larni esa mos ravishda a-x, b-y, c-z belgilash qabul qilingan. Birlamchi va
13
ikkilamchi chulg‘amlar ko‘pincha yulduz yoki uchburchak sxemada ulanadi.
Yulduz sxemada ulanishda har bir fazaning boshlanishi uch fazali tarmoq
manbayiga yoki yuklamaga, ohirlari (x, y, z) esa nolinchi o‘tkazgich
chihariladigan umumiy nuqtaga ulanadi. Uchburchak sxemada ulanishda
birinchi fazaning ohiri, ikkinchi fazaning boshlanishi bilan, ikkinchi fazaning
ohiri uchinchi fazaning boshlanishi bilan, uchinchi fazaning ohiri esa
birinchi fazaning boshi bilan ulanadi.
Bir fazaning boshlanishi va ikkinchi fazaning ohirining ulanish nuqtasiga
uch fazali tarmoqqa ulanadi. Uch fazali ikki chulg‘amli transformatorlar
uchun chulg‘am larning Y/Y, D/D, Y/D, D/Y guruhli ulanishlari qabul
qilingan. Sur’atdagi belgi birlamchi chulg‘am ga, mahrajdagi belgi esa
ikkilamchi chulg‘am ga tegishli bo‘ladi. Agar chulg‘am chiqarilgan nolinchi
nuqtaga ega bo‘lsa belgilashlarda Y kabi ko‘rsatiladi. Parallel ishlashga
ulanish uchun transformatorlar 0 dan 11 gacha bo‘lgan guruhlarga
birlashtiriladi, ularni Y/Y-0 (12), Y/D-11 (3 yoki 7) tarzda belgilanadi.
Uch fazali transformatorning guruqi birlamchi va ikkilamchi chulg‘am lar
ulanish sxemalariga, ularning o‘ralish yo‘nalishlariga va uchlarining
belgilanishiga bog‘liqbo‘ladi. Birlamchi va ikkilamchi chulg‘am lar chiziqli
EYuK lari vektorlari orasida birligi 300 ga teng bo‘lgan burchak siljishi
bor. Bu siljish o‘ralish yo‘nalishiga va chulg‘amlarning ulanish sxemasiga
bog‘liqbo‘ladi. Har bir sterjenga bir fazaning birlamchi va ikkilamchi
chulg‘amlari o‘raladi. Birlamchi chulg‘amlarni A-X, B-Y, C-Z, ikkilamchi
chulg‘am larni esa a-x, b-y, c-z tarzda belgilash qabul qilingan.
Birlamchi va ikkilamchi chulg‘am lar yulduz yoki uchburchak sxemada
ulaniladi. Yulduz sxemada ulanishda har bir fazaning boshlanishi uch fazali
tarmoq manbayiga yoki yuklamaga, ohirlari (x, y, z) esa nolinchi o‘tkazgich
chihariladigan umumiy nuqtaga ulanadi (13-rasm).

Download 131.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling