B. I. Ibraximov, X. A. Tashxodjayev
Transformatorning tuzilishi
Download 131.61 Kb.
|
YANGI MALUMOT ENERGIYA
1.1.2. Transformatorning tuzilishi
Transformatorning asosiy qismlari berk po‘lat o‘zak (magnit o‘tkazgich) va unga o‘raladigan chulg‘amlar hisoblanadi. O‘zaklar sterjenli, himoyaviy (bronli), toroidal, tasmasimon kesimli bo‘lishi mumkin (5-rasm). O‘zakning chulg‘am o‘raladigan qism sterjen, chulg‘am o‘ralmaydigan va magnit zanjirni tutashtirish uchun hizmat qiladigan qism esa yarmo deyiladi. Sterjenli bir fazali transformatorlarda chulg‘amlar har ikkala sterjenlarga (har bir chulg‘amning yarmi birinchi sterjenga va boshqasiga esa ikkinchi yarmi) o‘raladi. himoyaviy (O-simon) bir fazali transformatorlari har ikkala chulg‘amlar o‘rtadagi sterjenga o‘raladi, uch fazali transformatorlarda esa har bir faza birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar o‘z sterjenlariga o‘raladi. Toroidal transformatorlar bir fazali va kichik quvvatli tarzda yasaladi. O‘zaklar materiali Y-41, 42 va boshqa markalardagi maxsus elektrotexnik po‘lat plastinalar xizmat qiladi. 5-rasm. Transformatorning tuzulishi. Plastinalar qalinligi transformator chastotasiga bog‘liq. f = 50 Hz chastotada ishlaydigan transformatorlar uchun 0,5 yoki 0,35 mm li qalinlikdagi po‘lat plastinalardan, yuqoriroq chastotalarda ishlaydigan transformatorlar uchun esa 0,2 dan 0,08 mm li qalinlikdagi po‘lat plastinalardan foydalaniladi (6-rasm). a) b) d) 6-rasm. Sterjenli va himoyaviy o‘zaklar. 8 Transformatorlar o‘zgaruvchan tokda ishlaganligi uchun po‘lat o‘zaklarda uyurma toklar (Fuko toklari) paydo bo‘ladi, ular transformatorning po‘lat o‘zagidagi quvvat yo‘qotishlariga sabab bo‘ladi. Bu yo‘qotishlarni kamaytirish uchun o‘zaklar yupqa plastinalardan yig‘iladi va bu plastinalar bir tomonidan bir-birlaridan izolyatsiyalash uchun lak qoplami bilan qoplanadi (yoki yupqa qog‘oz yopishtiriladi). Sterjenli o‘zaklar to‘g‘ri burchakli shakldagi alohida plastinalardan yig‘iladi, himoyaviy o‘zaklar esa shtamplangan O-simon plastinalardan yig‘iladi. Toroidal o‘zaklar oshirilgan chastotali kichik quvvatli (o‘nlab W lar) transformatorlar uchun yasaladi. Kuchlanishni transformatsiyalash koeffitsiyenti bo‘yicha transformatorlar kamaytiruvchi va orttiruvchi transformatorlarga bo‘linadi. Download 131.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling