B. I. Ibraximov, X. A. Tashxodjayev
Kuchlanish transformatori
Download 131.61 Kb.
|
YANGI MALUMOT ENERGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-rasm.
- 1.2. AVTOTRANSFORMATORLAR
Kuchlanish transformatori
Ular kichik quvvatli transformatorlar bo‘lib ko‘p sonli o‘ramli (A-X) birlamchi chulg‘amlari o‘lchanadigan tarmoqni chiziqli simlariga ulanadi, (a-x) ikkilamchi chulg‘am esa voltmetrga yoki katta qarshilikka ega bo‘lgan boshqa asbobga ulanadi (9-rasm). Transformatsiyalash koeffitsienti shunday tanlanadiki, tarmoq nominal kuchlanishida ikkilamchi chulg‘am kuchlanishi 100 V yoki 200 V dan oshmasin. Kuchlanish transformatori shunday ulanishi kerakki, asbobga birlamchi kuchlanishga faza bo‘yicha mos tushadigan ikkilamchi kuchlanish berish kerak bo‘ladi. Chunki ikkilamchi chulg‘am qarshiligi yetarlicha katta 8-rasm. Tok transformatori sxemasi. 9-rasm. Kuchlanish transformatorining sxemasi. 10 bo‘lganligi uchun kuchlanish transfor-matorini salt ishlashga yaqin rejimda ishlaydi deb hisoblash mumkin, ya’ni ikkilamchi chulg‘amdagi tok 0 ga yaqin bo‘ladi. Shunday qilib, birlamchi va ikkilamchi chulg‘am kuchlanishlari bu chulg‘amlar EYuK lariga teng bo‘lgan son jihatdan n marttaga transformatsiyalash koeffitsiyentiga farq qiladi. Transformatsiya koeffitsiyentini bilgan holda voltmetr ko‘rsatishlari bo‘yicha U1 kuchlanishni aniqlash mumkin. Agar ikkilamchi zanjirdagi tok ortsa, U2 kuchlanish o‘zgaradi va o‘lchash aniqligi ikkilamchi chulg‘am dagi kuchlanishning pasayishi hisobiga kamayadi. Chunki bu transformatorning birlamchi chulg‘ami yuqori kuchlanishli tarmoqqa ulangan va past kuchlanishli tarmoqqa o‘tishi yuz berishi mumkin, u holda ishlatishda ikkilamchi chulg‘am yerga ulanadi. 1.2. AVTOTRANSFORMATORLAR Transformatorda faqat elektromagnit aloqaga ega bo‘lgan kamida ikki chulg‘am mavjud. Avtotransformator esa bitta chulg‘am dan iborat bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida ham birlamchi, ham ikkilamchi tarmoqqa tegishli bo‘ladi. Avtotransformatorlar orttiruvchi va kamaytiruvchi bo‘lishi mumkin (10- rasm). Avtotransformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg‘am lari elektromagnit aloqadan tashqari, elektr aloqaga ham ega bo‘ladi. Kamaytiruvchi avtotransformatorlarda W1 o‘ramlar sonli butun chulg‘am (A...X) birlamchi chulg‘am, W1(W1 > W2) o‘ramlar sonli va birlamchi chulg‘am ning bir qismi (a...x) esa ikkilamchi chulg‘am hisoblanadi. Orttiruvchi avtotransformatorlarda, aksincha birlamchi chulg‘am W1 o‘ramlar sonili butun chulg‘am ning bir qismi (a...x), ikkilamchi chulg‘am esa W2(W1 < W2) o‘ramlar sonili butun chulg‘am (A...X) hisoblanadi. Chulg‘am lar boshini A, oxirini esa X bilan belgilaymiz. Kamaytiruvchi avtotransformatorlarning ishlash prinsipini ko‘rib chihamiz. U1 birlamchi kuchlanish birlamchi chulg‘am ning A...X uchlariga Download 131.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling