B ibragimov, M. Ibragimov
O`yindagi to`xtalishlar hisobiga yo`qotilgan vaqtni e`lon qilish
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК
O`yindagi to`xtalishlar hisobiga yo`qotilgan vaqtni e`lon qilish
Agar o`yin tugamagan bo`lsa, bosh hakam o`yindagi to`xtalishlar uchun qo`shimcha vaqt ajratsa, unga juda katta bosim o`tkaziladi. O`yinchilar, murabbiylar, jamoalar rahbarlari va axborot vositalari qancha vaqt qo`shilganidan bexabar bo`lishadi va bosh hakam tomonidan qo`shib berilgan vaqtda gol urilsa, bu holat bosh hakamga e`tirozlarni kuchaytirib yuboradi. Hakamlar Qo`mitasi qiziqayotgan tomonlar o`yindagi to`xtalishlar uchun qancha vaqt qo`shib berilayotgani to`g`risida ogohlantirilsa, bosh hakamga bosim keskin kamayadi degan to`xtamga keldi. Bosh hakam va to`rtinchi hakam o`yindagi to`xtalishlar hisobiga vaqt yo`qotilishiga ko`proq e`tibor berishlariga to`g`ri keladi. Hakamlar Qo`mitasi oddiy holatlarda o`yinchi almashtirishga 30 soniya, jarohatlangan o`yinchini maydon tashqarisiga kuzatish uchun 1 daqiqa qo`shib berishni tavsiya etadi. Alohida hollarda bosh hakam yuqorida qayd etilgan holatdan farqli o`laroq, vaqt yo`qotilishini aniqroq hisoblashi zarur bo`ladi. (Masalan, maydonda darvozabonga yordam ko`rsatilganda). Italiyada keyingi yillarda to`plangan ijobiy tajribaga asoslanib, Hakamlar Qo`mitasi UEFA musobaqalarining barcha o`yinlarida e`lon qilishning quyidagi qoidalariga asosan, to`rtinchi hakam tomonidan qo`shib berilayotgan vaqtni e`lon qilishni tavsiya etadi: 187 Har bir bo`limda asosiy o`yin vaqti tugagandan so`ng (45- va 90-daqiqalar o`tib bo`lgach) bosh hakam to`rtinchi hakamga imo-ishora yoki ovoz chiqarib, qancha vaqt qo`shishga qaror qilganini bildiradi. O`yinga yarim daqiqa yoki soniyalar emas, to`liq daqiqalar qo`shib beriladi. Ushbu qoida qo`shimcha bo`limlarda ham amal qiladi (15- va 30-daqiqalar tugagandan so`ng). To`rtchi hakam o`yinchilar, murabbiylar, tomoshabinalar va axborot vositalariga eng kamida qo`shib berilayotgan daqiqalarni o`yinchi almashtirishda foydalaniladigan raqamlangan (oddiy yoki elektron) tablichkalar yordamida ko`rsatadi. Bir marta va tomoshabinlar uchun ushbu axborot stadionning retranslyatsion tizimi yordamida e`lon qilinishi mumkin, shuningdek, qisqa vaqt mobaynida stadiondagi gigant monitorda ham ko`rsatilishiga ruxsat beriladi. O`yinning asosiy vaqti tugagach, ya`ni 45- va 90-daqiqalar o`tib bo`lgach, stadiondagi soat to`xtatiladi, agar qo`shimcha bo`limlar o`tkazilsa, 15- va 30- daqiqalardan so`ng soat yana to`xtatilishi kerak. O`yinga qo`shib berilgan daqiqalarda biror holat yuz bersa va bu holat o`z- o`zidan yana vaqt qo`shishni talab qilsa, na bosh hakam, na to`rtinchi hakam yana qancha vaqt qo`shilishini ko`rsatmaydi. O`yin qoidalariga muvofiq, qo`shib berilgan vaqtda o`yin to`xtalishlari uchun, shubhasiz, yana bir qancha vaqt qo`shib beriladi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling