B ibragimov, M. Ibragimov


-QOIDA: Jarima to`pi va erkin zarba


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

13-QOIDA: Jarima to`pi va erkin zarba 

Himoyalanayotgan jamoaning jarima yoki erkin zarbani (jarima maydoni 
ichidan) urayotgan paytda, jamoadoshiga to`p tegmasdan hujumchi bu to`pga 
tegishi yoki harakatlanishi mumkin emas. 
14-QOIDA: 11 metrlik jarima to`pi 

Zarba beruvchi aniq darajada ajralib turishi va ko`rinishi shart. 

Agar darvozabon bilan zarba beruvchi birgalikda o`yin qoidasini 
buzsa: 

Agar gol kiritilmagan bo`lsa, ikkalasiga ham ogohlantirish, va qayta 
zarba berilishi. 

Agar gol urilgan bo`lsa, unda zarba beruvchi ogohlantiriladi va zarba 
xato tepilgan deb hisoblanadi (10-qoida).
- To`p darvozaga harakatlanayotda gol kiritilgan hisoblanadi, qachonki 
boshqa o`yinchi to`pga harakatlanib qo`shilsa. 
16-QOIDA: To`pni darvoza yonidan erkin zarba bilan o`yinga kiritish 

Jarima maydoni ichidagi hujumchi, boshqa o`yinchiga to`p 
tegmaguncha tegishi yoki to`pga kurashishi mumkin emas. 
 
Ilova 
O`yin g`olibini aniqlash yoki o`yinlar natijasi mehmonda va uyda
O`yin durang natija bilan yakunlangan paytda, turnir reglamentida ishtirokni 
davom ettirish uchun keyingi bosqichga jamoalardan biri chiqishi talab qilinsa,
11 metrlik nuqtadan beriladigan zarbalar g`olibni aniqlash uchun yagona yo`l 
hisoblanadi. 


182 
4.25-rasm 
Amalga oshirish jarayoni

Bosh hakam zarbalar yo`llanadigan davrozani aniqlaydi.

Bosh hakam qur`a tashlaydi va qaysi jamoa sardori qur`ada yutib chiqsa 
o`sha jamoa birinchi bo`lib zarbani ijro etish huquqini qo`lga kiritadi.

Bosh hakam ijro etilgan zarbalarni yozma ravishda qayd etib boradi.

Quyida keltirilgan shartlarga asosan jamoalar 5 marotabadan zarba ijro etadi.

Har bir jamoa o`yinchisi navbat bilan zarbani ijro etadi.

Agar penaltilar seriyasiga tugaguncha jamoalardan biri 5 ta zarbadan 
kiritgan gollari soni, ikkinchi jamoa ham xuddi shuncha zarba ijro etib 
kiritgan gollari soniga amaliy jihatdan yeta olmasa, unda 11 metrlik 
nuqtadan beriladigan zarbalar to`xtatiladi.

Agar ikkala jamoa ham 5 ta zarbadan urgan gollari soni teng bo`lsa yoki 
umuman urilmagan bo`lsa, unda jamoalardan biri 1 tadan zarba ijro etishda 
raqibidan bitta gol ko`p urguncha o`sha tartibda davom etaveradi.

Darvozabon, penaltilar seriyasi davomida darvozaga tura olmaydigan 
darajada jarohat olsa, unda musobaqa reglamentiga ko`ra maksimal darajada 
o`yinchilarni 
almashtirmagan 
bo`lsa, 
zahiradagi 
futbolchi 
bilan 
almashtirishlishi mumkin.

Ikkinchi bo`limning asosiy vaqti yoki qo`shimcha vaqti (agar qo`shimcha 
taym musobaqa reglamentida mavjud bo`lsa) tugagan mahalida maydonda 
harakat qilgan o`yinchilar 11 mertlik nuqtadan zarba ijro etish huquqiga ega.


183 

Futbolchilar bir marotabadan zarba berishadi, agar barcha o`yinchilar bir 
martadan zarba ijro etib bo`lishsagina, ularga yana tepish huquqi beriladi.

11 metrlik nuqtadan beriladigan zarbalar vaqtida, har bir o`yinchi hakam 
ruxsati asosida o`zi darvozabon bilan zarba berishda almashishi mumkin.

11 metrlik nuqtadan beriladigan zarbadan oldin faqatgina zarba beruvchi 
futbolchi bilan hakamga jarima maydoni ichida turish huquqi beriladi.

Ikkala jamoa darvozaboni va zarba ijro etuvchi futbolchidan tashqari barcha 
o`yinchilar markaziy aylana ichida turishlari shart.

Zarba ijro etayotgan futbolchi jamoasi darvozaboni zarba ijro etilayotgan 
vaqtda jarima maydonidan tashqarida, ya`ni darvoza chizig`i bilan jarima 
maydoni chizig`i kesishgan nuqtada turishi lozim.

11 metrlik nuqtadan beriladigan zarbalar jarayonida O`yin qoidalariga va 
HK qaroriga amal qilishlari talab etiladi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling