B ibragimov, M. Ibragimov


Suv muhiti bilan tanishtiruvchi mashg’ulotlar


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

Suv muhiti bilan tanishtiruvchi mashg’ulotlar 
Bunday mashg’ulot odatda, besh bosqichda: basseyn yoki ochiq suv 
havzasining eng sayoz, suvning oqim tezligi minutiga 10 m dan oshmagan, suv 
harorati 25-28°S (yozda 18-24°S)dan past bo`lmagan maskanda olib boriladi. 
Ma`lumki, suzishni bilmagan odam hech qachon suv bilan tanishmay turib
suzishni o`rganib keta olmaydi. Shuning uchun suzishga o`rgatishda yuqoridagi 
bosqichlarga asoslanish zarur. 
Jadvallardan ko`rinib turibdiki, mashqlar asta-sekin murakkablashib borgan. 
Chunki suv bilan tanishuvda har bir bosqichdagi mashqlar oldiga ma`lum maqsad 
va vazifalar qo`yilgan. Masalan: 
I bosqichda yurish va yugurish mashqlarini o`tishdan maqsad bolalarni 
basseynning chuqurligi bilan tanishtirish, oyoq ostida tayanch borligiga ishonch 
hosil qilish va suvdan cho`chimaslikka o`rgatishdir. Qo`llarni har xil holatda tutib 
yurishda esa suvning qarshiligini his etish, qo`llar bilan eshish harakatini 
bajarganda suvda yengil va tez yura olishni sezishga o`rgatish kerak bo`ladi. Bir-
biriga suv sepishda esa suvning tomchilaridan, sakraganda esa suvda sirpanib 
ketishdan cho`chimaslikka o`rgatiladi. 
4
Динамика грекча сўз бўлиб, кучга алоқадор, куч таъсирида деган маъноларни англатиб, мазкур ўринда 
ҳаракат ҳолатини билдиради. 
5
Статика грекча сўз, у қотиб турувчи деган маънони англатади. Мазкур ўринда тинч ҳолатни ифодалаб 
келган. 


99 
II bosqichda asta-sekin suvdan cho`chimaslikka, suv yuzida gavdaning 
ma`lum vaqtgacha qalqib tura olishi, so`ng oyoq qismlar nima uchun cho`ka 
boshlashi tushuntiriladi. 
Anatomiyadan ma`lumki, og’ir suyaklar, ya`ni chanoq, son va boldir 
suyaklari asosan odamning bel qismidagi pastda joylashgan. Gavdaning yuqori 
qismida esa tog’aylar va yengil a`zolar joylashgan. 
«Po`kak» mashqini bajarganda chuqur nafas olib, g’ujanak bo`lib tizzani 
quchib tursak, xuddi po`kak, koptok yoki shar singari suv yuziga qalqib chiqish 
mumkin. 
«Meduza», «Yulduzcha» mashqlarida ham chuqur nafas olinsa, (ko`krak 
qafasi kengayadi, ammo tana vazni oshmaydi), ma`lum vaqtdan so`ng oyoq uchlari 
cho`kib, odam asta-sekin vertikal holatga kelib qoladi. Demak, odam gavdasi quyi 
qismining solishtirma og’irligi ko`krak qafasi joylashgan yuqori qismining 
solishtirma og’irligidan ortiq. 
III bosqichda suvda bolalarni sirg’anish va gavda muvozanatini saqlashga 
o`rgatiladi. Chunki sirg’anishni to`g’ri bajargan bolalar sportcha suzish usullari 
texnikasini tez o`rganadilar. Bu esa keyinchalik start va burilish paytlarida 
masofadan yutishga yordam bedadi. Masalan, 25 metrli basseynda 50m suzish 
kerak deylik, bunda bolalar startdan chiqqanda 5-6 metr sirg’ansalar, katta yutuqqa 
erishgan bo`ladilar. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling