B ibragimov, M. Ibragimov


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

BALANDLIKKA SAKRASH – vertikal holatdagi yengil atletika sakrash 
turi bo’lib, yugurib kelish orqali, bitta oyoqqa tiralib sakrash va ma’lum bir 
balandlikka o’rnatilgan plankadan oshib o’tib, maxsus porolondan tayyorlangan 
gilamga tushishdan tashkil topadi. 


289 
BALANDLIKKA SAKRASH USULLARI – sportchilarning tiralib 
itarilishga tayyorlanishi, tiralib itarilish va plankani zabt etish uchun sakrashnng 
uchish fazasi ko’rinishidagi farqlanuvchi harakatlaridan tashkil topadi. Yugurib 
kelib, balandlikka sakrashda nisbatan samarali sakrash usullari sifatida «fosbyuri-
flop» usuli (hozirgi kunda balandlikka sakrash bo’yicha ta’lim oluvchi deyarli 
barcha sportchilar foydalanuvchi usul), «hatlab o’tish» usuli (balandlikka 
sakrashda boshlang’ich o’rganish davrida foydalaniluvchi, nisbatan oddiy usul) va 
«oshib o’tish» usuli (XX asrning 1980 – yillarida foydalanilgan usul) kabilar 
ko’rsatib o’tiladi. 
BAHSLI TO`P – to`p o`yinda bo`lgan vaqtda o`yin qoidasida ko`zda 
tutilmagan holat bo`yicha vaqtincha to`xtatilgandan so`ng o`yinni yangilash 
usulidir. Hakam o`yinni to`xtatganda to`p qayerda bo`lsa o`sha joydan to`pni 
tashlab beradi. To`p yerga tegishi bilan o`yin davom ettiriladi. Agar o`yinchi to`p 
yerga tegmasidan oldin tegsa, to`p yerga tekkandan so`ng maydon tashqarisiga 
chiqib ketsa va bunda hech qaysi o`yinchi to`pga tegmagan bo`lsa qaytadan 
bajariladi.
BO’SM - Bolalar o’smirlar sport maktabi 
BOSQICHLI NAZORAT- Sportchining uzoq vaqt shug’ullangan 
mashg’ulot natijalarini bosqichlardagi holatini baholaydi. Sportchilarning bunday 
holati yillarda, makrostiklda, bosqichlardagi tayyorgarligining natijasidir.
BOSQON– yengil atlektikada uloqtirishning maxsus snaryadi hisoblanib, 
sharsimon yadro va unga mahkamlangan po’lat sim (tros) va snaryadni ulash 
uchun dastakka ega bo’lgan anjom hisoblanadi. Bosqonning og’irligi 3, 4, 5, 6, 
7,26 kg ga teng hisoblanadi (sportchilarning jinsi va yoshiga bog’liq holatda).

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling