B ibragimov, M. Ibragimov
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- BO’SM
BALANDLIKKA SAKRASH – vertikal holatdagi yengil atletika sakrash
turi bo’lib, yugurib kelish orqali, bitta oyoqqa tiralib sakrash va ma’lum bir balandlikka o’rnatilgan plankadan oshib o’tib, maxsus porolondan tayyorlangan gilamga tushishdan tashkil topadi. 289 BALANDLIKKA SAKRASH USULLARI – sportchilarning tiralib itarilishga tayyorlanishi, tiralib itarilish va plankani zabt etish uchun sakrashnng uchish fazasi ko’rinishidagi farqlanuvchi harakatlaridan tashkil topadi. Yugurib kelib, balandlikka sakrashda nisbatan samarali sakrash usullari sifatida «fosbyuri- flop» usuli (hozirgi kunda balandlikka sakrash bo’yicha ta’lim oluvchi deyarli barcha sportchilar foydalanuvchi usul), «hatlab o’tish» usuli (balandlikka sakrashda boshlang’ich o’rganish davrida foydalaniluvchi, nisbatan oddiy usul) va «oshib o’tish» usuli (XX asrning 1980 – yillarida foydalanilgan usul) kabilar ko’rsatib o’tiladi. BAHSLI TO`P – to`p o`yinda bo`lgan vaqtda o`yin qoidasida ko`zda tutilmagan holat bo`yicha vaqtincha to`xtatilgandan so`ng o`yinni yangilash usulidir. Hakam o`yinni to`xtatganda to`p qayerda bo`lsa o`sha joydan to`pni tashlab beradi. To`p yerga tegishi bilan o`yin davom ettiriladi. Agar o`yinchi to`p yerga tegmasidan oldin tegsa, to`p yerga tekkandan so`ng maydon tashqarisiga chiqib ketsa va bunda hech qaysi o`yinchi to`pga tegmagan bo`lsa qaytadan bajariladi. BO’SM - Bolalar o’smirlar sport maktabi BOSQICHLI NAZORAT- Sportchining uzoq vaqt shug’ullangan mashg’ulot natijalarini bosqichlardagi holatini baholaydi. Sportchilarning bunday holati yillarda, makrostiklda, bosqichlardagi tayyorgarligining natijasidir. BOSQON– yengil atlektikada uloqtirishning maxsus snaryadi hisoblanib, sharsimon yadro va unga mahkamlangan po’lat sim (tros) va snaryadni ulash uchun dastakka ega bo’lgan anjom hisoblanadi. Bosqonning og’irligi 3, 4, 5, 6, 7,26 kg ga teng hisoblanadi (sportchilarning jinsi va yoshiga bog’liq holatda). Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling