290
BOSQON ULOQTIRISH– maxsus sport anjomini (
snaryad) – bosqonni
2,135 diametr o’lchamdagi doira ko’rinishidagi sohadan turib, uloqtirishdan tashkil
topgan yengil atletika uloqtirish mashqi turidan iborat hisoblanadi.
BOSHLANG’ICH YUGURISH– yengil atlektikaning yugurishga oid
turlarida eng yaxshi sportchilarni ushbu sport turi bo’yicha
final yoki yarim final
bellashuvlari uchun saralab olish maqsadidagi birinchi bosqich hisoblanadi.
BOSHLANG’ICH TAYYORGARLIK BOSQICHI–
yengil atletikada
sportchilarning ko’p yillik tayyorgarligi tarkibida boshlang’ich bosqichdan tashkil
topgan bo’lib, uning maqsadi – bolalarning yengil atletika sport turi bo’yicha har
tomonlama jismoniy va texnik jihatdan tayyorgarligidan tashkil topadi,
shundan
keyingina tur guruhlari bo’yicha saralash ixtisoslashtirilishini amalga oshirish
mumkin. Mashq qiluvchilarning yoshi 10 – 14 yosh oralig’ini tashkil qiladi. Bu
bosqichda sportchilar o’smirlik razryadiga ega bo’lishlari mumkin.
BOSHLANG’ICH IXTISOSLASHTIRILISH BOSQICHI– yengil
atletikada sportchilarning ko’p yillik tayyorgarligida bosqichlardan biri bo’lib,
uning maqsadi – yengil atletika tur guruhlarida sportchilarning
har tomonlama
tayyorlanishi va asta – sekin alohida turlar bo’yicha nisbatan tor doiradagi
ixtisoslashtirishga o’tkazilishi bilan belgilanadi.
Bunda mashq qiluvchilarning
yoshi 13 – 15 yoshni tashkil qiladi. Bu bosqichda sportchilar III, II,
I razryadlar
uchun belgilangan me’yorlarni (
normativ) bajarishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: