B ibragimov, M. Ibragimov
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oyoqlar harakati.
Nafas olish. Suzishning bu usulida nafas olish va chiqarish ham o`ziga xos
tarzda kechadi. Masalan, suzuvchi yuqoridagi qo`l bilan eshish harakatini tugallash oldida boshini suvdan chiqib turgan yelkasiga qaratadi, qo`li suvdan chiqib harakatining birinchi yarmiga kelganida nafas oladi. Keyin suzuvchi yuzini suvga botirib nafas chiqaradi va h. k. Keyingi nafas olish va chiqarishlar shu tariqa, davom etib boraveradi. Oyoqlar harakati. Bunda ham suzuvchi tayyorlanish va ishchi harakatlarni bajaradi. 117 Yuqoridagi oyoqning tayyorlanish harakatida uning dastlabki holati tana uzunligini davom ettirgancha to`g’ri turadi. Harakatini boshlaganida tizza va chanoq-son bo`g’imlaridan bukib oldinga tomon harakat oladi. Tana bilan son, son bilan boldir oralig’idagi burchaklar 110-120° ga yetganida, panjalar yuqori boldir tomonga qattiq tortilganida tayyorlanish harakati tugaydi. Yuqoridagi oyoqning ishchi harakati tayyorlanish harakati tugagan vaqtdan boshlanadi. Ya`ni oyoq butun bo`g’imlaridan qattiq va tez harakat bilan yoziladi. Panja esa oyoq yozilish oxirida oldinga bukilib (oldingi holatidan yozilib), suvni zarb bilan itaradi va dastlabki holatini oladi. Shu paytda sirg’anish yuz beradi. Pastki oyoqning tayyorlanish harakatida uning dastlabki holati yuqori oyoqnikiga o`xshab turadi, ya`ni ular bir-biriga birikib parallel turadi. Harakat boshlanganida uchala bo`g’imidan bukilib orqaga harakat oladi. Shuning uchun chanoq-son bo`g’imidagi bukilish burchagi juda kam bo`ladi. Harakat davom etib borib, sonning orqaga bukilib borishi taxminan 165-175°ga, son bilan boldir orasidagi burchak 85-90° ga etganida tayyorlanish harakati tugaydi. Oyoq shu paytda eng oxirgi erkin nuqtasiga etib kelgan, panja esa xiyol ichki tomonga burilgan holda yozilgan bo`ladi. Pastki oyoqning ishchi harakati hozir aytib o`tgan tayyorlanish harakati tugagan vaqtdan boshlanadi. Ya`ni oyoq chanoq-son va tizza bo`g’imidan qattiq kuch bilan tez yoziladi, panja usti bilan suvni orqaga zarb bilan itaradi. Shunday harakatida pastki oyoq yoy hosil qilib harakatlangan bo`ladi. Tana olg’a sirg’anadi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling