B. J. Boltayev, A. R. Azamatov, G. A. Azamatova, B. S. Xurramov nazariya, algoritm, dastur toshkent 2013
Download 372.89 Kb.
|
Algoritmlash va dasturlash asoslari seriyasidan Kitob – II b. J.-fayllar.org
To‘plamlar ustidagi amallar bajarilish natijasi quyidagi misollarda yaqqol
ko‘rinadi: 1) T1 = T2 – to‘plamlar teng bo‘lsa, ya’ni bir xil elementdan tashkil topgan bo‘lsa True, aks holda False mantiqiy qiymat hosil qiladi, masalan: [‘A‘]=[‘A‘,‘A‘,‘A‘] yoki [‘A‘, ‘B‘]=[‘B‘,‘A‘] yoki [ ]=[
] yoki [‘A‘,‘G‘,‘B‘,‘G‘]=[‘G‘,‘B‘,‘A‘,‘A‘,‘B‘] bo‘lsa natija True, [‘A‘]=[‘B‘] yoki [‘A‘,‘G‘,‘B‘,‘M‘]=[‘G‘,‘B‘,‘A‘,‘A‘,‘B‘] bo‘lsa natija False; 2) T1 <> T2 – bu amal T1 va T2 to‘plamlar teng bo‘lmasa, ya’ni bir xil ele- mentdan tashkil topmagan bo‘lsa True, aks holda False mantiqiy qiymat hosil qi- ladi, masalan: [‘A‘]<>[‘B‘] yoki [ ]<>[‘A‘] yoki [‘A‘,‘G‘,‘B‘,‘G‘]<>[‘G‘,‘B‘,‘A‘,‘A‘,‘M‘] bo‘lsa natija True, [‘A‘]<>[‘A‘,‘A‘] 41
3) T1 >= T2 – bu amal T2 to‘plam T1 to‘plamning qismi bo‘lsa, ya’ni T2 to‘plam elementlari T1 to‘plamga ham tegishli bo‘lsa True, aks holda False man- tiqiy qiymat hosil qiladi, masalan: [‘A‘]>=[‘A‘] yoki [‘A‘,‘G‘]>=[‘A‘] bo‘lsa na- tija True, [‘A‘,‘A‘]>=[‘A‘,‘G‘] yoki [‘A‘,‘G‘,‘B‘,‘M‘,‘A‘,‘G‘]>=[‘G‘,‘D‘] bo‘lsa natija False; 4) T1 <= T2 amali 3) holda T1 va T2 larni o‘rnini almashtirgandagi holga teng kuchli; 5) T1+T2 – bu amal T1 va T2 to‘plamlar elementlarini birlashtirib yangi to‘plam hosil qiladi, masalan: [ ]+[‘A‘,‘G‘] bo‘lganda natijaviy to‘plam [‘A‘,‘G‘], [‘B‘,‘M‘]+[‘A‘,‘G‘,‘A‘] bo‘lganda natijaviy to‘plam [‘B‘,‘M‘,‘A‘,‘G‘,‘A‘], [‘G‘,‘G‘]+[‘A‘,‘A‘] bo‘lsa natijaviy to‘plam [‘G‘,‘G‘,‘A‘,‘A‘]; 6) T1*T2 – bu amal T1 va T2 to‘plamlar elementlarini kesishtirib yangi to‘plam hosil qiladi, masalan: [‘B‘,‘A‘]*[‘A‘,‘G‘,‘A‘] bo‘lsa natijaviy to‘plam [‘A‘], [‘G‘,‘G‘]*[‘A‘,‘A‘] bo‘lsa natijaviy to‘plam [ ], ya’ni bo‘sh; 7) T1–T2 – bu amal T1 to‘plamning T2 to‘plamda bor elementlarini olib tash- lab yangi to‘plam hosil qiladi, masalan: [‘B‘,‘A‘]–[‘A‘,‘G‘,‘A‘] bo‘lsa natijaviy to‘plam [‘B‘], [‘A‘,‘A‘,‘A‘,‘G‘]–[‘A‘,‘G‘] bo‘lsa natijaviy to‘plam [ ], ya’ni bo‘sh; 8) Q in T – bu amal Q qiymatni T to‘plamda borligini tekshiradi, ya’ni Q ele- ment T da bor bo‘lsa True, aks holda False qiymat hosil qiladi, masalan: ‘A‘ in [‘A‘,‘G‘,‘A‘] bo‘lsa natija True, ‘G‘ in [‘A‘,‘B‘] bo‘lsa natija False. 5-§. TARTIBLANGAN TURLARGA QO‘LLANILADIGAN STANDART FUNKSIYALAR Funksiya tushunchasi matematika fanidan ko‘pchilikka ma’lum. Funksiyalarn- ing xususiyatlariga qarab turli sinflarga ajratishadi. Masalan, chiziqli, kvadratik, trigonometrik va hokazo. Shunday funksiyalarning ba’zilaridan Paskal dasturlash tilida ham foydalaniladi. Paskalda ba’zi funksiyalar foydalanish qulay bo‘lishi uchun dastur translyatori ta’minotiga kiritilgan. Dastur translyatori ta’minotiga kiritilgan funksiyalar standart funksiyalar deyiladi. Aytib o‘tilganidek, tartiblangan turlarga butun, mantiqiy, belgili, sanovchi va oraliqli turlar kiradi. Bu turlarning barchasiga X ning tartib raqamini hosil qilu- vchi ORD(X) standart funksiyasini qo‘llash mumkin. Ixtiyoriy butun turdagi X uchun ORD(X)=X bo‘ladi, masalan: ORD(0)=0; ORD(–125)= –125; ORD(65535)=65535; Mantiqiy turdagi X uchun ORD(X) funksiyasi 0 yoki 1 ni hosil qiladi, ya’ni: ORD(TRUE)=1; ORD(FALSE)=0; Belgili turdagi X uchun ORD(X) funksiyasi X ning ASCII kodini aniqlab beradi, masalan: 42
ORD(‘9‘)=57; Sanovchi turdagi X uchun ORD(X) funksiyasi 0 dan 65535 gacha bo‘lgan butun sonni hosil qiladi, masalan: Type Beshta = (green, blue, red, yellow, white); bo‘lganda ORD(green)=0; ORD(blue)=1; ORD(yellow)=3; VAR Raqam : (zero, one, two, three, four); bo‘lganda ORD(zero)=0; ORD(one)=1; ORD(three)=3; Oraliqli tur asosiy tartiblangan tur xususiyatlarini saqlab qolgani uchun ORD(X) funksiyasi shu tur xuxusiyatlariga bog‘liq bo‘ladi, masalan: Type Rang = (green, blue, red, yellow, white, black); Ora =yellow..black ; Var X : Ora; bo‘lganda X=white bo‘lsa, ORD(X)=4 bo‘ladi. Tartiblangan turlarga PRED(X) va SUCC(X) funksiyalarni ham qo‘llash mumkin. PRED(X) funksiyasi tartiblangan turning bitta oldingi (ORD(X)–1 tartib raqamiga mos: ORD(PRED(X))=ORD(X)–1) qiymatni, SUCC(X) funksiyasi tart- iblangan turning bitta keyingi (ORD(X)+1 tartib raqamiga mos: ORD(SUCC(X))=ORD(X)+1) qiymatni hosil qiladi. Masalan: Ixtiyoriy butun turdagi X uchun, agar hosil qilinayotgan sonlar qaralayotgan tur qiymatlar chegarasida bo‘lsa: PRED(0)= –1; PRED(–125)= –126; PRED(6665)=6664; SUCC(0)= 1; SUCC(–125)= –124; SUCC(6665)=6666; Mantiqiy turdagi X uchun: PRED(TRUE)=FALSE; PRED(FALSE)=TRUE; SUCC(TRUE)=FALSE; SUCC(FALSE)=TRUE; Belgili turdagi X uchun, agar hosil qilinayotgan belgi ASCII kodi 0..255 qiymatlar chegarasida bo‘lsa: PRED(‘B‘)=‘A‘; PRED(‘9‘)=‘8‘; SUCC(‘A‘)=‘B‘; SUCC(‘0‘)=‘1‘; Sanovchi turdagi X uchun PRED(X) va SUCC(X) shu tur chegarasida yotsa: Type Beshta = (green, blue, red, yellow, white); VAR X : Beshta; bo‘lsa X=blue bo‘lganda ORD(PRED(X))=0; ORD(SUCC(X))=2; Oraliqli turda asosiy tartiblangan tur uchun PRED(X) va SUCC(X) shu tur che- garasida yotsa: Type Rang = (green, blue, red, yellow, white, black); Ora =yellow..black ; Var X : Ora; bo‘lsa X=white bo‘lganda ORD(PRED(X))=3, ORD(SUCC(X))=5 bo‘ladi. 6-§. PASKALNING BA’ZI STANDART FUNKSIYALARI VA PROTSEDURALARI Paskal dasturlash tili translyatoriga butun va haqiqiy turdagi miqdorlarda 43
qo‘llanadiganlari quyidagilar: Download 372.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling