48
)
Cosx
Sinx
(
2
1
Paskalning standart funksiyalari ba’zi matematik amallarni o‘z ichiga olma-
gan. Shu sababli ba’zi matematik amallarni Paskalning bir nechta standart
funksiyasi orqali yoki bitta standart funksiyani bir necha marta qo‘llash orqali
ifodalashga to‘g‘ri keladi. Masalan, Paskalda sonni ixtiyoriy darajaga ko‘tarish
funksiyasi yo‘q. Shuning uchun
a
3
ifodani Paskalda
a*a*a yoki
sqr(a)*a kabi,
a
4
ifodani esa
a*a*a*a yoki
sqr(a*a) yoki
sqr(sqr(a)) yoki
sqr(a)*sqr(a) kabi
yozish mumkin.
Umuman, a
b
(a>0) ko‘rinishdagi ifoda uchun matematikada
a
b
= e
b
ln a
formu-
la o‘rinli. Shuning uchun Paskalda a
b
(a>0) ifoda
exp(b*Ln(a)) ko‘rinishda yozi-
ladi.
Masalan,
3
50
y
x
y
x
algebraik ifodani Paskalda bir necha xil usulda tasvirlash
mumkin. Shulardan bittasi quyidagicha (x≠0):
(x–y)/(exp(50*Ln(abs(x)))–sqr(y)*y).
8-§. BELGI VA SATRLAR BILAN ISHLASH FUNKSIYALARI VA
PROTSEDURALARI
Satr, umuman olganda,
char turidagi elementlar soni (uzunligi) 0 dan 255 ga-
cha bo‘lgan massivdir. Satrlarni
String maxsus so‘zi orqali tavsiflanadi va satr
uchun xotiradan uzunligiga nisbatan bir bayt ortiqcha (satr uzunligini saqlash
uchun) joy ajratiladi.
Paskalning
Sistem moduliga belgili va satrli miqdorlar bilan ishlash uchun
ko‘pgina funksiya va protseduralar kiritilgan. Quyida biz ularning ba’zilari bilan
tanishtiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: