58
oddiy harakat 1
oddiy harakat 2
oddiy harakat N
···
So‘zlar orqali
Blok-sxema ko‘rinishida
oddiy harakat 1
oddiy harakat 2
…
oddiy harakat N
Bu tuzilmada kirishdan boshlab chiqishgacha har bir ko‘rsatma kelish tartibida
birma-bir bajariladi. Demak, hozirgacha ko‘rilgan barcha
masalalarning algorit-
mlari chiziqli tuzilmadangina iborat ekan.
Chiziqli tuzilmalar sodda bo‘lgani uchun algoritmlarini dastur ko‘rinishida
ham tasvirlaymiz. Chiziqli tuzilmalarni dastur ko‘rinishida
aks ettirish uchun,
odatda, o‘zlashtirish operatori, ma’lumotlarni xotiraga muloqot usulda kiritish va
ma’lumotlarni ekranga chiqarish protseduralari yetarlidir.
3-§. MA’LUMOTLARNI EKRANGA CHIQARISH PROTSEDURALARI
Dastur matn holatida ishlaganda kompyuter xotirasidagi ma’lumotlarni yoki
turli ifodalar natijasini kompyuter
ekraniga chiqarish uchun chiqarish
protsedurasidan foydalaniladi. Paskalda matnli ma’lumotlarni ekranga chiqarish
protseduralari quyidagi ikki xil ko‘rinishga ega:
Write(chiqarish ro‘yxati)
va
WriteLn(chiqarish ro‘yxati)
bu yerda Write (ing. – yozmoq) va Writeln Paskalning xizmatchi so‘zlari;
chiqarish ro‘yxati – o‘zaro vergul bilan ajratilgan va
ekranga chiqarilishi kerak
bo‘lgan ifoda, o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmaslar ketma-ketligi. Chiqarish ro‘yxatida
ifoda
qatnashsa,
avval ifoda hisoblanib, hosil bo‘lgan natija ekranga chiqariladi.
Chiqarish ro‘yxatidagi o‘zgarmaslar belgili yoki satrli bo‘lsa,
albatta apostrof
ichiga olinishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: