B. J. Boltayev, A. R. Azamatov, G. A. Azamatova, B. S. Xurramov nazariya, algoritm, dastur toshkent 2013


Download 372.89 Kb.
bet41/68
Sana02.11.2023
Hajmi372.89 Kb.
#1740971
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   68
Bog'liq
Algoritmlash va dasturlash asoslari seriyasidan Kitob – II b. J.-fayllar.org

chiqarish formati deb ataladi.
Ma’lumotlarni chiqarishda chiqarish formatini ko‘rsatish mumkin. Chiqarish
formati chiqarilayotgan ma’lumotlarning ko‘rinishini (formatini) belgilaydi.
Buning uchun chiqarilayotgan miqdordan keyin “:” (ikki nuqta) belgisi qo‘yiladi
va, agar – haqiqiy turdagi miqdor bo‘lsa, chiqarish formatida ikkita parametr –
chiqarilayotgan miqdorga ajratilgan xonalar soni va kasr qismi uchun ajratilgan
xonalar soni ko‘rsatiladi. Masalan, WriteLn(a:10:2); protsedurasi a haqiqiy
turdagi miqdorning qiymatini chiqarish uchun 10 ta xona ajratadi, shundan bir
xonasi nuqta va ikkita xonasi kasr qismi uchun ajratiladi. Agar miqdor butun turda
bo‘lsa, chiqarish formatida bitta parametr – chiqarilayotgan miqdorga ajratilgan
xonalar soni ko‘rsatiladi. Masalan, WriteLn(b:6);butun turdagi miqdorlar
uchun formatni ko‘rsatishdan maqsad chiqarilayotgan qiymatdan oldin bo‘sh joy
qoldirish yoki ma’lumotlarni ustun bo‘yicha tekislashdir. Satrli va belgili turdagi
miqdorlar uchun chiqarish formati ularning qiymatini chiqarishga ajratilgan joy
(maydon) uzunligini aniqlaydi.
Chiqarilayotgan son yoki matn unga ajratilgan joyning o‘ng chegarasi
bo‘yicha tekislanib chiqadi. Masalan, a:=2.34; bo‘lsa, WriteLn(‘a=‘, a:6:2);
protsedurasi ekranga a=
__
2.34 ko‘rinishdagi yozuvni chiqaradi (= belgisidan
keyin ikkita bo‘sh joy – probel qoladi).
Chiqarish formatida ajratilgan joy miqdor qiymatining “uzunligi”dan kichik
bo‘lsa, chiqarish formati bekor qilinadi va o‘zgaruvchining qiymati to‘liqligicha
ekranga chiqariladi. Faqatgina haqiqiy son kasr qismining formati bekor qilin-
maydi. Haqiqiy sonni chiqarishda formati ko‘rsatilmasa, u ekranga eksponensal
ko‘rinishda chiqariladi. Chiqarish formatini tushunish uchun quyidagi misollarni
tahlil etish kifoya.

var
a, b : real; m: integer;


Begin
a:=23.01; b:=1963;
m:=2012;
writeln(‘a=‘, a);
writeln(‘b=‘, b); write(‘m=‘, m);
end.

Kompyuter ekranida


a=2.3010000000E+01
b=1.9630000000E+03
m=2012


63
var a, b : real; m: integer;


Begin a:=23.01; b:=1963;
m:=2012;
writeln(‘a=‘, a:2:1);
writeln(‘b=‘, b:3); write(‘m=‘, m:3);
end.

Kompyuter ekranida


a=23.0
b=2.0E+03
m=2012

var a, b : real; m: integer;


Begin a:=23.01; b:=1963;
m:=2012;
writeln(‘a=‘, a:2:2);
writeln(‘b=‘, b:4:0); write(‘m=‘, m:4);
end.

Kompyuter ekranida


a=23.01
b=1963
m=2012

var a, b : real; m: integer;


Begin a:=23.01; b:=1963;
m:=2012;
writeln(‘a=‘, a:6:2);
writeln(‘b=‘, b:7:3); write(‘m=‘, m:8);
end.

Kompyuter ekranida


a= 23.01
b=1963.000
m= 2012

var a, b : real; m: integer;


Begin a:=23.01; b:=1963;
m:=2012; writeln(‘a=‘:1, a:6:2);
writeln(‘b=‘:2, b:0:0); write(‘m=‘:5, m:8);
end.

Kompyuter ekranida


a= 23.01
b=1963
m= 2012

Keltirilgan misollarda ekranga chiqarilgan a, b, m miqdorlarning va belgili


turdagi o‘zgarmas miqdorlarning qiymatlari bir xil, ammo ularning ko‘rinishida
katta farq bor. Sonning butun qismi qymatini aniq bilmagan holda chiqarish
formatidan ehtiyotlik bilan foydalanish zarur.
Paskal dasturlash tilida matn holatida ma’lumotlarni ekranda go‘zal tasvirlash
uchun chiqarish formatidan farqli boshqa imkoniyatlar ham ko‘zda tutilgan.

4-§. PASKALDA MATN HOLATIDA EKRAN BILAN ISHLASH


Biz avvalgi darslarda axborotlarni ekranga chiqarish usullari bilan tanishdik.
Bu usullarda axborotning har biri ekranga o‘zidan avval chiqarilgan axborotning
davomidan chiqariladi. Lekin, Paskal dasturlash tilida axborotlarni ekranning
ko‘rsatilgan joyidan chiqarish imkoniyati ham mavjud. Bundan tashqari, ekranga
chiqarilayotgan belgilarni, hamda ularning fonini har xil ranglarda berish ham
mumkin. Aytib o‘tilganidek, Paskalning ekran bilan ishlashga yo‘naltirilgan
protsedura va funksiyalari Crt modulida joylashgan. Shu sababli ulardan foyda-
lanish uchun ushbu modulga murojaat qilish lozim. Buning uchun dastur boshida

Download 372.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling