B. J. Boltayev, A. R. Azamatov, G. A. Azamatova, B. S. Xurramov nazariya, algoritm, dastur toshkent 2013
Download 372.89 Kb.
|
Algoritmlash va dasturlash asoslari seriyasidan Kitob – II b. J.-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- WriteLn(a:10:2);
- WriteLn(b:6);
chiqarish formati deb ataladi.
Ma’lumotlarni chiqarishda chiqarish formatini ko‘rsatish mumkin. Chiqarish formati chiqarilayotgan ma’lumotlarning ko‘rinishini (formatini) belgilaydi. Buning uchun chiqarilayotgan miqdordan keyin “:” (ikki nuqta) belgisi qo‘yiladi va, agar a – haqiqiy turdagi miqdor bo‘lsa, chiqarish formatida ikkita parametr – chiqarilayotgan miqdorga ajratilgan xonalar soni va kasr qismi uchun ajratilgan xonalar soni ko‘rsatiladi. Masalan, WriteLn(a:10:2); protsedurasi a haqiqiy turdagi miqdorning qiymatini chiqarish uchun 10 ta xona ajratadi, shundan bir xonasi nuqta va ikkita xonasi kasr qismi uchun ajratiladi. Agar miqdor butun turda bo‘lsa, chiqarish formatida bitta parametr – chiqarilayotgan miqdorga ajratilgan xonalar soni ko‘rsatiladi. Masalan, WriteLn(b:6); – butun turdagi miqdorlar uchun formatni ko‘rsatishdan maqsad chiqarilayotgan qiymatdan oldin bo‘sh joy qoldirish yoki ma’lumotlarni ustun bo‘yicha tekislashdir. Satrli va belgili turdagi miqdorlar uchun chiqarish formati ularning qiymatini chiqarishga ajratilgan joy (maydon) uzunligini aniqlaydi. Chiqarilayotgan son yoki matn unga ajratilgan joyning o‘ng chegarasi bo‘yicha tekislanib chiqadi. Masalan, a:=2.34; bo‘lsa, WriteLn(‘a=‘, a:6:2); protsedurasi ekranga a= __ 2.34 ko‘rinishdagi yozuvni chiqaradi (= belgisidan keyin ikkita bo‘sh joy – probel qoladi). Chiqarish formatida ajratilgan joy miqdor qiymatining “uzunligi”dan kichik bo‘lsa, chiqarish formati bekor qilinadi va o‘zgaruvchining qiymati to‘liqligicha ekranga chiqariladi. Faqatgina haqiqiy son kasr qismining formati bekor qilin- maydi. Haqiqiy sonni chiqarishda formati ko‘rsatilmasa, u ekranga eksponensal ko‘rinishda chiqariladi. Chiqarish formatini tushunish uchun quyidagi misollarni tahlil etish kifoya. var
Begin a:=23.01; b:=1963; m:=2012; writeln(‘a=‘, a); writeln(‘b=‘, b); write(‘m=‘, m); end. Kompyuter ekranida a=2.3010000000E+01 b=1.9630000000E+03 m=2012 63
Begin a:=23.01; b:=1963; m:=2012; writeln(‘a=‘, a:2:1); writeln(‘b=‘, b:3); write(‘m=‘, m:3); end. Kompyuter ekranida a=23.0 b=2.0E+03 m=2012 var a, b : real; m: integer; Begin a:=23.01; b:=1963; m:=2012; writeln(‘a=‘, a:2:2); writeln(‘b=‘, b:4:0); write(‘m=‘, m:4); end. Kompyuter ekranida a=23.01 b=1963 m=2012 var a, b : real; m: integer; Begin a:=23.01; b:=1963; m:=2012; writeln(‘a=‘, a:6:2); writeln(‘b=‘, b:7:3); write(‘m=‘, m:8); end. Kompyuter ekranida a= 23.01 b=1963.000 m= 2012 var a, b : real; m: integer; Begin a:=23.01; b:=1963; m:=2012; writeln(‘a=‘:1, a:6:2); writeln(‘b=‘:2, b:0:0); write(‘m=‘:5, m:8); end. Kompyuter ekranida a= 23.01 b=1963 m= 2012 Keltirilgan misollarda ekranga chiqarilgan a, b, m miqdorlarning va belgili turdagi o‘zgarmas miqdorlarning qiymatlari bir xil, ammo ularning ko‘rinishida katta farq bor. Sonning butun qismi qymatini aniq bilmagan holda chiqarish formatidan ehtiyotlik bilan foydalanish zarur. Paskal dasturlash tilida matn holatida ma’lumotlarni ekranda go‘zal tasvirlash uchun chiqarish formatidan farqli boshqa imkoniyatlar ham ko‘zda tutilgan. 4-§. PASKALDA MATN HOLATIDA EKRAN BILAN ISHLASH Biz avvalgi darslarda axborotlarni ekranga chiqarish usullari bilan tanishdik. Bu usullarda axborotning har biri ekranga o‘zidan avval chiqarilgan axborotning davomidan chiqariladi. Lekin, Paskal dasturlash tilida axborotlarni ekranning ko‘rsatilgan joyidan chiqarish imkoniyati ham mavjud. Bundan tashqari, ekranga chiqarilayotgan belgilarni, hamda ularning fonini har xil ranglarda berish ham mumkin. Aytib o‘tilganidek, Paskalning ekran bilan ishlashga yo‘naltirilgan protsedura va funksiyalari Crt modulida joylashgan. Shu sababli ulardan foyda- lanish uchun ushbu modulga murojaat qilish lozim. Buning uchun dastur boshida Download 372.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling