B. J. Boltayev, A. R. Azamatov, G. A. Azamatova, B. S. Xurramov nazariya, algoritm, dastur toshkent 2013


Download 372.89 Kb.
bet49/68
Sana02.11.2023
Hajmi372.89 Kb.
#1740971
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   68
Bog'liq
Algoritmlash va dasturlash asoslari seriyasidan Kitob – II b. J.-fayllar.org

PutPixel(X,Y,Rang) protsedurasi ekranning (X,Y) koordinatali nuqtasini
“Rang” parametri bilan aniqlangan rangga bo‘yaydi. Masalan, PutPix-
el(400,200,Red) protsedurasi ekranning (400,200) koordinatasiga mos joyda qizil
rangli nuqta joylashtiradi (yuqoridagi rasm).
۩
. Ekranning to‘rtta burchagida sariq rangli nuqta hosil qiluvchi dastur tuzing.

Yechim:
Grafik ekran (0..639x0..479) nuqtalar to‘plamidan iborat. Shuning uchun


ekranni burchakdagi nuqtalari quyidagilar: chap yuqori nuqta (0,0); o‘ng yuqori
nuqta (639,0); chap quyi nuqta (0,479); o‘ng quyi nuqta (639,479). Ekran grafik
holatga o‘tkazilgach (avvalgi mashqdagi kabi) PutPixel(X,Y,Rang) protsedurasi
yordamida nuqtalar joylashtiramiz. Bunda nuqtalar sariq rangda aks etishi uchun
rangni Yellow (yoki 14) kabi tanlanadi. Dasturni Enter klavishi bosilguncha
kuttirish uchun CloseGraph protsedurasidan avval Readln; operatori yoziladi.
Dasturi:
Uses graph;
var gd, gm: integer;
Begin
gd:=0; initgraph(gd, gm, '');
PutPixel(0,0,yellow);
PutPixel(639,0,yellow);
PutPixel(0,479,14);
PutPixel(639,479,14);
readln; closegraph;
End.
Natijaning ekrandagi ko‘rinishi:


GetPixel(X,Y) funksiyasi ekranning (X,Y) koordinatali nuqtasi qanday rang-
da ekanini aniqlaydi. Masalan, Rang – butun turdagi o‘zgaruvchi bo‘lsa, Rang:=
GetPixel(40,50); operatori bajarilgach Rang nomli o‘zgaruvchi qiymati (40,50)
koordinatali nuqta rangining qiymatiga teng bo‘ladi.
GetMaxX va GetMaxY funksiyalari mos ravishda ekranning gorizontal va
vertikal yo‘nalishi bo‘yicha maksimal koordinatasini aniqlaydi. Bu funksiyalar
kompyuterning grafik adapteri va ishlatiladigan grafik holatga bo‘g‘liq bo‘lmagan
dasturlar tuzishda foydalidir.
Paskalda chiziq rangini tanlash uchun SetColor(rang), fon rangini tanlash
uchun esa SetBkColor(rang) protseduralaridan foydalaniladi. Bu yerda rang
butun sonli o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmas bo‘lib, u tanlangan rang kodini yoki unga
mos konstanta nomini ifodalaydi. Paskalda grafik holatda ekranga chiqarilayotgan
matnli ma‘lumot rangi ham chiziq rangi kabi qaraladi. Tanlangan rang joriy rang
deyiladi. Agar avval biror rang tanlanmagan bo‘lsa, u holda oq rang joriy hisobla-
nadi.



73


Download 372.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling