B. J. Boltayev, A. R. Azamatov, G. A. Azamatova, B. S. Xurramov nazariya, algoritm, dastur toshkent 2013
Download 372.89 Kb.
|
Algoritmlash va dasturlash asoslari seriyasidan Kitob – II b. J.-fayllar.org
Write yoki Writeln protsedurasidan foydalanib izoh kiritish mumkin. Masalan,
Write(‘a=‘); Readln(a); Write(‘b=‘); Readln(b); yozilsa, qaysi o‘zgaruvchiga qiymat kiritilayotganini ekranda ko‘rib turish mumkin. Readln protsedurasi beradigan yana bir imkoniyat bor. Ma’lumki, Paskal dasturlash tili amallarni shunchalik tez bajaradiki, natijani ko‘rib olishga ul- gurmaymiz va ekrandagi natijani ko‘rish uchun ALT+F5 klavishlar juftligidan foydalanishga majbur bo‘lamiz. Barcha natijalar ekranga chiqarilganidan so‘ng natijani ko‘rib olgunimizcha dasturni “kuttirish”, ya’ni dastur ishini kerakli joyda to‘xtatib turish uchun end. dan avval ro‘yxatsiz readln protsedurasini yozish kifoya. Bunday holda dastur ishini davom ettirish uchun ENTER klavishi bosi- ladi. Albatta, bu protsedura kutilgan natijani berishi uchun undan avval yozilgan oxirgi kiritish protsedurasi ham LN qo‘shimchasi bilan yozilgan bo‘lishi shart. 6-§. PASKALDA GRAFIK HOLATDA ISHLASH Chiziqli tuzilmali dasturlar tuzishni to‘laroq ko‘rsatish uchun Paskal dasturi- dagi shakllar chizish bilan bog‘liq imkoniyatni ko‘rib chiqamiz. Paskal dasturlash tili yordamida kompyuter ekranida turli rasmlar ham hosil qilish mumkin. Buning uchun Paskalning GRAPH (graf) moduliga nuqta, to‘g‘ri chiziq, to‘g‘ri to‘rtburchak, aylana kabi bir qancha shakllarni chizishga mo‘ljallangan protsedura va funksiyalari kiritilgan. Shakl chizish protsedura va funksiyalaridan foydalanish uchun dastur boshida Uses Graph; ko‘rsatmasi beriladi. Bu ko‘rsatma uning tarkibidagi protsedura va 71
funksiyalarning ishlashi uchun esa, ekran grafik holatga o‘tkazilishi zarur. Grafik holatda kompyuter ekrani piksel deb ataluvchi mayda nuqtalardan tashkil topadi. Grafik holatda ham matnli holatdagi kabi yurgich mavjud bo‘lib, u nuqtadan iborat. Ekranda hosil bo‘ladigan barcha chizmalar yurgichning ekranda iz qoldirib yoki iz qoldirmasdan siljishi natijasida hosil bo‘ladi. Yurgichning ekranda turgan o‘rni uning koordinatasi bilan aniqlanadi. Koordinata boshi bo‘lgan (0,0) nuqta ekranning chap yuqori burchagida joy- lashgan. Ekran grafik holatga o‘tkazilganda yurgich koordinata boshida joylashadi. Koordinata o‘qlari X va Y koordinata boshidan mos ravishda o‘ngga va pastga qarab yo‘nalgan, ya’ni qiymatlar shu yo‘nalishlarda o‘sib boradi. Ekranning yurgich turgan nuqtasi Download 372.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling