ClearDevice protsedurasi belgilangan parametrlarni saqlagan holda grafik
ekranni “tozalash” uchun xizmat qiladi.
LineTo(X, Y) grafik yurgichni joriy koordinatasidan (X,Y) koordinatali
nuqtagacha kesma chizadi.
MoveTo(X,Y) grafik yurgichni (X,Y) koordinatali nuqtaga ko‘chiradi.
MoveRel(DX,DY) grafik yurgichni joriy nuqtadan gorizontaliga DX va
vertikaliga DY masofaga ko‘chiradi.
Chiziq qalinligi va formasini SetLineStyle(F, P, Q); protsedurasi yordamida
tanlash mumkin. Parametrlar F, P, Q Word turidagi miqdorlar. Parametr F
chiziqning BGI standart majmuidagi formasi: F=0 – uzluksiz; F=1 – punktir; F=2
– shtrix-punktir; F=3 – shtrix; F=4 – chiziqning formasi P parametr yordamida
beriladi. Agar F<4 bo‘lsa P ning qiymati qaralmaydi.
Parametr P ning qiymatini translyator ikkilikka o‘tkazadi va chiziqni 16 piksel
uzunlikdagi qismini qanday ko‘rinishini belgilaydi, agar P ning razryadi 1 bo‘lsa
piksel ko‘rinadi, 0 bo‘lsa piksel ko‘rinmaydi. Shuning uchun P ni 16 lik sanoq
sistemasida aks ettirish qulay. Masalan:
P= $35F1 = 0 0 1 1 0 1 0 1 1 1 1 1 0 0 0 1 (ikkilikda)
forma:
ko‘rinishda bo‘ladi.
Chiziq qalinligini belgilaydigan Q faqat 2 ta qiymat qabul qiladi: Q= 1 – in-
gichka (1 piksel), Q= 3 – qalin (3 piksel). Masalan: SetLineStyle(4, $5555, 3);
Line(X1,Y1,X2,Y2); qalin mayda punktirli chiziqni aniqlaydi.
۩
. Uchlari (320,100), (220,200), (420,200) nuqtalarda bo‘lgan qizil rangli qal-
in punktrli uchburchak chizuvchi dastur tuzing.
Yechim.
Ekran foni rangini SetBkColor(yellow), chiziq rangini SetColor(Red)
protseduralari yordamida tanlaymiz. Chiziq qalinligi va formasini SetLineStyle(1,
1, 3) protsedurasi yordamida belgilaymiz.
Grafik yurgichni MoveTo(320,100) protsedurasi yordamida (320,100) nuqta-
ga o‘tkazamiz. LineTo(220,200) protsedurasi (320,100) nuqta bilan (220,200)
nuqtani, LineTo(420,200) protsedurasi (220,200) nuqta bilan (420,200) nuqtani,
79
LineTo(320,100) protsedurasi (420,200) nuqta bilan (320,100) nuqtani kesma
bilan tutashtiradi.
Dasturi:
Uses Graph;
Var gd, gm : Integer;
Begin
gd:=0; InitGraph(gd, gm, ‘‘); Setcolor(4);
SetLineStyle(1, 1, 3)
;
{forma va qalinlik tanlandi}
MoveTo(320,100)
;
LineTo(220,200);
LineTo(420,200); LineTo(320,100);
ReadLn; CloseGraph;
End.
Natijaning ekrandagi ko‘rinishi:
4> Do'stlaringiz bilan baham: |