B. J. Boltayev, A. R. Azamatov, G. A. Azamatova, B. S. Xurramov nazariya, algoritm, dastur toshkent 2013


OutText(S) protsedurasi string turdagi S matnni joriy nuqtadan, Out-


Download 372.89 Kb.
bet56/68
Sana02.11.2023
Hajmi372.89 Kb.
#1740971
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   68
Bog'liq
Algoritmlash va dasturlash asoslari seriyasidan Kitob – II b. J.-fayllar.org

OutText(S) protsedurasi string turdagi S matnni joriy nuqtadan, Out-
TextXY(X,Y,S) protsedurasi esa string turdagi S matnni (X,Y) koordinatali
nuqtadan ekranga chiqaradi.
Grafik holatda shrift turi ikki xil bo‘lib matritsali (jadvalli) va vektorli deb ata-
ladi. Grafik holatda matnni chiqarish usulini belgilash uchun SetTextStyle(F, Y, 
T) protsedurasi qo‘llanadi, bu yerda F, Y va T Word turida bo‘lib, F – shrift tartib
raqami, Y – yozuvni chiqarish yo‘nalishi, T – shrift o‘lchamini asosiy o‘lchamga
nisbatan oshirilishini belgilaydi.
Bitta belgini ekranga chiqarish uchun 8x8 piksellar matritsasi ajratiladi. Agar
shrift turi F=0 (DefaultFont), ya’ni matritsali shrift bo‘lsa, u holda shriftni katta-
lashtirishda matritsa 8∙Tx8∙T pikselgacha oshadi, shuning uchun belgilar
ko‘rinishi sifati kamayadi. Matritsali shriftda asosiy o‘lcham T=1 bo‘lib, T ning
qiymati 1 dan 31 gacha o‘zgarishi mumkin.
Vektorli shrift turi tanlansa, ya’ni F=1 (TriplexFont – qalin) yoki 2 (SmallFont
– kichiklashgan) yoki 3 (SansSerifFont – kitobiy) yoki 4 (GothicFont – gotik),
belgilar kesmalardan hosil qilinadi. Bu holda shriftni kattalashtirishda belgilar
ko‘rinishi sifati o‘zgarmaydi. Vektorli shriftda asosiy o‘lcham T=4 bo‘lib, T ning
qiymati 1 dan 10 gacha o‘zgarishi mumkin.
Agar shrift yo‘nalishi Y=0 bo‘lsa, belgilar gorizontal bo‘yicha chapdan o‘ngga
qarab chiqariladi. Agar shrift yo‘nalishi Y=1 bo‘lsa, belgilar vertikal bo‘yicha
quyidan yuqoriga qarab belgilar 90
0
ga burilgan holatda chiqariladi.
Paskalda garfik holatda ekranga chiqarilayotgan matnni tekislash usulini tan-
lash mumkin. Buning uchun SetTextJustify(G, V) protsedurasi qo‘llanadi, bu
yerda H – gorizontal bo‘yicha tekislash parametri H=0 (matn chiqarilayotgan
nuqtadan o‘ngda) yoki H=1 (o‘rtadan tekislanish) yoki H=2 (matn chiqarilayotgan
nuqtadan chapda) qiymatlarni, V – vertikal bo‘yicha tekislash parametri esa V=0
(matn chiqarilayotgan nuqtadan yuqorida) yoki V=1 (o‘rtadan tekislanish) yoki
V=2 (matn chiqarilayotgan nuqtadan quyida) qiymatlarni qabul qiladi. Paskal
dasturi ishga tushirilganda avtomatik ravishda H=0 va V=2 qiymatlar belgilanadi.



80
۩


. “Infromatika”, “Algoritm” va “Dastur” so‘zlarini turli rangda turli qalin-
likda ekranning turli joylarida chiqaruvchi dastur tuzing.

Yechim.
Grafik ekranga chiqariladigan belgilar rangi ham chiziq rangini tanlash



Download 372.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling