69
Kiritish
protsedurasi
dastur
ishlashini
to‘xtatadi
va
ro‘yxatdagi
o‘zgaruvchilarga klaviatura orqali qiymat berilishini kutadi. Agar ro‘yxatda bir
nechta o‘zgaruvchi bo‘lsa, ularning qiymatlari o‘zaro probel (bo‘sh joy) bilan
ajratib kiritilishi yoki ENTER klavishini bosib keyin kiritilishi mumkin.
Ikkala
holda ham oxirgi o‘zgaruvchi qiymati kiritilgach ENTER klavishini bosish shart.
Read va Readln protseduralarining farqlari quyidagicha. Bitta yoki bir nechta
alohida yozilgan Read protsedurasi yordamida kiritiladigan o‘zgaruvchilar qiyma-
ti bir satrda probellar bilan ajratib kiritilishi mumkin. Readln protsedurasi esa fa-
qat o‘zining ro‘yxatida keltirilgan o‘zgaruvchilarnigina qiymatini bir satrda pro-
bellar bilan ajratib kiritilishiga imkon beradi. Shuning
uchun Readln protsedur-
asidagi ro‘yxat tugagach keyingi kiritish protsedurasi ishlashi uchun albatta
ENTER klavishini bosish shart. Misollarga murojaat qilaylik.
1–misol.
Var a, b: Integer;
Begin
Read(a);
Read(b);
WriteLn(‘a+b=‘, a+b);
End.
2–misol.
Var
a, b: Integer;
Begin
Read(a, b);
WriteLn(‘a+b=‘, a+b);
End.
Ikkala misolda ham qiymat kiritish quyidagi ikki usuldan
birida amalga oshiri-
lishi mumkin.
1-usul: dastur ishga tushirilgach,
ekranda satr
boshida yurgich chiqadi
va dastur
a ning qiymati kiritilishini
kutib turadi. Masalan,
a ning qiymati
sifatida 10 ni kiritamiz, so‘ng
probelni bosib
b ni qiymati sifatida
11 deb kiritamiz. Endi ENTER klav-
ishi bosilsa
ekranda quyidagilar aks
etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: