57
۩
. Berilgan O da M=23∙O+1963 ifodaning qiymatini
hisoblash algoritmini
tuzing.
Yechim. Masala shartida “berilgan O da” ibora ishlatilgani uchun algo-
ritmda O ning qiymati kiritilishi kutiladi. Yuqoridagi izohlar va belgilashlar
yordamida algoritmlarni quyidagicha yozish mumkin.
Algoritm (
so‘zlar orqali):
1) boshlanish;
2) O ning qiymati aniqlansin;
3) 23 ni O ga ko‘paytmasiga 1963 ni
qo‘shib M ga o‘tkazilsin;
4) javob
sifatida M yozilsin;
5) tamom.
Algoritm (
blok-sxema):
۩
. Radiusi R ga teng doiraning yuzasini hisoblash algoritmi tuzilsin.
Yechim. Masala shartida “radiusi R ga teng” ibora ishlatilgani uchun al-
goritmda doira radiusi R ning qiymati kiritilishi kutiladi. Doira yuzining ra-
dius orqali S=π∙R
2
kabi ifodalanishi maktab geometriya kursidan ma’lum.
Yuqoridagi izohlar va belgilashlar yordamida
algoritmlarni quyidagicha
yozish mumkin.
Algoritm (
so‘zlar orqali):
1) boshlanish;
2) R ning qiymati aniqlansin;
3) R ni kvadratiga 3,14 ga ko‘paytirib
S ga o‘tkazilsin;
4) javob sifatida S yozilsin;
5) tamom.
Algoritm (
blok-sxema):
2-§. CHIZIQLI TUZILMALI ALORITMLAR
Endi barcha algoritmlarni asosini tashkil etuvchi algoritmik tuzilmalardan biri
bilan tanishtiramiz.
Algoritmik tuzilmalarning ahamiyatga molik tomoni shun-
dan
iboratki, har bir asos tuzilmada
bitta kirish hamda
bitta chiqish bo‘ladi.
Chiziqli tuzilma ketma-ket keladigan oddiy harakatlardan, masalan,
qiymat
kiritish, chiqarish yoki qiymatni o‘zlashtirish kabi oddiy ko‘rsatma berishdangina
iborat bo‘ladi.
Boshlanish
O
Do'stlaringiz bilan baham: