B. J. Boltayev, A. R. Azamatov, G. A. Azamatova, B. S. Xurramov nazariya, algoritm, dastur toshkent 2013


Tajribali dasturchilar, odatda, juda katta hajmdagi dasturni biror


Download 372.89 Kb.
bet34/68
Sana02.11.2023
Hajmi372.89 Kb.
#1740971
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   68
Bog'liq
Algoritmlash va dasturlash asoslari seriyasidan Kitob – II b. J.-fayllar.org

Tajribali dasturchilar, odatda, juda katta hajmdagi dasturni biror 
vazifani 
bajaruvchi 
kichikroq 
hajmdagi 
dasturlar 
yi
g‘ilmasi 
k
o‘rinishida tashkil etishadi. Chunki, bu holda ular har bir kichik dastur
ishini alohida tekshirish, kamchiliklarni aniqlash va kerakli o‘zgartirishlar kiritish
imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu bilan birga, asosiy dastur bergan natijani tahlil
etib kichik dasturlarning qaysi biri xatolikka olib kelayotganini aniqlashi oson
kechadi. Kichik dasturlar ham o‘z navbatida yanada kichikroq dasturlardan iborat
bo‘lishi mumkin. Kichikroq dasturlarga ajratish jarayoni eng sodda (ya’ni, eng
sodda vazifalarni bajaruvchi) dasturlarga ajratilgach to‘xtaydi. Shuning uchun biz
ham algoritmning asos tuzilmalarini izohlashdan boshlaymiz.
Yodingizda b
o‘lsin, har qanday algoritm asosiy tuzilmalardan 
tashkil etiladi. 
Umuman, dastur ham algoritmni tasvirlash usullaridan biri bo‘lgani uchun,
avval algoritmni ba’zi tasvirlash tasvirlash usullari: algoritmni so‘zlar orqali va
blok-sxema yordamida ifodalash usullari bilan tanishamiz. Keyingi bo‘limlarda,
imkon qadar algoritmni tasvirlash usullarini bir-biriga mosligini ko‘rsatuvchi mi-
sollar tanlashga harakat qilamiz.
Algoritmlarni ifodalashning ilk usullaridan biri soz’lar orqali tasvirlash
qulay bo‘lgan “Daryodan o‘tish” nomli quyidagi masalani qaraylik.
۩
. Daryoning chap qirg‘og‘iga polvon keldi. U daryoning o‘ng qirg‘og‘iga
o‘tishi kerak. Chap qirg‘oqda ikkita bola qayiqda baliq ovlab o‘tirishibdi. Qayiq
shunchalik kichkinaki yoki faqat ikkita bolani yoki faqat bitta polvonni ko‘tarishi
mumkin. Polvon daryodan o‘tib olishiga va qayiqni bolalarga qaytarib berishga
imkon beruvchi algoritm tuzing.
Masalani yechimini yozish uchun barcha ko‘rsatmalarni yozib chiqamiz,
buning uchun qayiqda kim suzib o‘tayotganini ko‘rsatish kifoya. Demak, bizda
faqat uchta ko‘rsatma bor: {polvonbolaikkita bola}. Polvonni daryoning nari-
gi qirg‘og‘iga o‘tkazib qayiqni bolalarga qaytarib berish masalasi yechimi
quyidagicha.

Qadam
Ko‘rsatma


Chap qirg‘oq
O‘ng qirg‘oq
0

polvon, ikkita bola (qayiq)

1
ikkita bola
polvon
ikkita bola (qayiq)
2
bola
polvon, bola (qayiq)
bola
3
polvon
bola
polvon, bola (qayiq)
4
bola
ikkita bola (qayiq)
polvon



54


Daryo bilan bog‘liq yana bir “Bo‘ri, echki va karam” nomli quyidagi qadimiy
masalani qaraylik.
۩
Dehqon daryoning chap qirg‘og‘ida bo‘ri, echki va karam bilan turibdi. U
bularni hammasini o‘ng qirg‘oqqa o‘tkazishi kerak. Uning qayig‘i juda kichik
bo‘lgani uchun faqat bitta yo‘lovchini olishi mumkin – yoki bo‘rini yoki echkini
yoki karamni. Dehqon biladiki, agar bo‘ri va echki bir qirg‘oqda qoldirilsa bo‘ri
echkini yeb qo‘yadi, agar echki va karam bir qirg‘oqda qoldirilsa echki karamni
yeb qo‘yadi. Hayvonlar faqat dehqon borligidagina tinch turishadi. Dehqon
qanday yo‘l tutishi kerak?
Ijrochi Dehqonning ko‘rsatmalar sistemasini, qo‘yilgan masala shartlaridan
kelib chiqib, quyidagicha yoza olamiz:

Download 372.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling