B. J. Boltayev, A. R. Azamatov, G. A. Azamatova, B. S. Xurramov nazariya, algoritm, dastur toshkent 2013


Download 372.89 Kb.
bet36/68
Sana02.11.2023
Hajmi372.89 Kb.
#1740971
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   68
Bog'liq
Algoritmlash va dasturlash asoslari seriyasidan Kitob – II b. J.-fayllar.org

Masala yechimiga olib boruvchi algoritm yagona b
o‘lmasligi ham
mumkin!
Umuman, algoritm tuzish jarayonini ham bir necha qadamga ajratish mumkin.
Birinchi qadamda, tuzilgan algoritm masala yechimini berishi yetarli ekan. Key-



56
ingi qadamlar esa dasturchining bilim darajasi va algoritmik tafakkuriga qarab


masala yechimini soddalashtirishi yoki algoritmdagi qadamlar sonini kamaytirishi
bilan bog‘liq bo‘ladi.
Algoritmlarni tasvirlashni yana bir qulay shakli blok-sxema usulidir. Blok-
sxemalar yo‘nalish chiziqlari orqali tutashtirilgan ma’lum buyruq yoki
ko‘rsatmalar mazmuniga moslikni aks ettiruvchi maxsus geometrik shakllar –
(bo‘laklardan) bloklardan tashkil topadi:

algoritmning boshlanishini va tugallangan-


ligini bildiradi

ma’lumotlarni kiritish yoki chiqarishni bild-


iradi

oddiy harakatni, ya’ni qiymat berish yoki


tegishli ko‘rsatmalar berishni bildiradi

shart tekshirilishini bildiradi


takrorlanish boshlanishini bildiradi

yordamchi algoritmga murojaatni bildiradi

sxemadagi harakat yo‘nalishini bildiradi


:=

qiymat berish ko‘rsatmasi

Boshlanish va tugallanish bloklari bir xil ko‘rinishda bo‘lgani uchun farqlash
maqsadida ichiga “boshlanish” va “tamom” so‘zlarini, ma’lumotlarni kiritish va
chiqarish bloklari ham bir xil ko‘rinishda bo‘lgani uchun farqlash maqsadida ki-
ritishda ma’lumotlardan avval, chiqarishda esa ma’lumotlardan keyin “” bel-
gisini qo‘yamiz.
Algoritmlarni blok-sxema orqali tasvirlash dasturchilarni matn yozishdek
“mashaqqatli” ishdan xalos etish bilangina emas, balki o‘zining ko‘rgazmaliligi
bilan ham e’tiborni tortadi. Blok-sxemalarda turli ifoda, tengsizlik va formulalarni
qo‘llash mumkinligi dasturchi ishini yanada soddalashtiradi.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan masalalar algoritmlarini blok-sxema usulida ham tas-
virlash mumkin. Bu vazifani o‘quvchiga takrorlash sifatida qoldiramiz. Quyida
ikkita sodda masalalarni yechish algoritmini so‘zlar va blok-sxema yordamida
ifodalaymiz. Algoritmda yuqori registrdagi harflarni (ya’ni, bosh harflarni)
maxsus tuzilmalar uchun qoldirib, uning sodda ko‘rsatmalarini quyi registrda
(ya’ni, kichik harflarda) yozamiz.


Download 372.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling