B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi


Ushbu formula portfelga kiritilgan n turdagi qimmatli qog‘ozlar soni ortishi bilan samarali portfel riski cheklanganligi va n → ∞ da nolga intilishini ko‘rsatadi


Download 0.55 Mb.
bet139/179
Sana21.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1374305
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   179
Ushbu formula portfelga kiritilgan n turdagi qimmatli qog‘ozlar soni ortishi bilan samarali portfel riski cheklanganligi va n → ∞ da nolga intilishini ko‘rsatadi.


Bundan moliya bozorining asosiy amaliy qoidasi kelib chiqadi: riskli qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilmalardan samara ishonchliligini oshirish uchun qo‘yilmalarni ayni bir turga joylashtirish emas, balki tarkibi imkon qadar xilma-xil qimmatli qog‘ozlardan iborat bo‘lgan portfelni shakllantirish maqsadga muvofiq, chunki ularning samarasi tasodifiy, lekin tasodifiy og‘ishlari mustaqildir.


Biroq asl voqelikda yirik xilma-xillikka erishish qiyin, chunki mustaqil samara farazi yetarli darajada shartli va bunday kengaytirish imkoniyatini cheklaydi: xo‘jalik subyektlarining texnologik va iqtisodiy o‘zaro bog‘liqligi qimmatli qog‘ozlarning tasodifiy samaradorliklarining statistik o‘zaro munosabatlashuviga tabiiy ravishda ta’sir ko‘rsatadi.


Amaliy nuqtayi nazardan keng ko‘lamli diversifikatsiyalashdan foyda bahsli emasligini ham qayd qilib o‘tamiz: uning iqtisodiy asoslangan ko‘lami tranzaksion xarajatlar ta’siri bilan cheklangan bo‘ladi. Bitimlar sonining ortishi bilan bu xarajatlar portfelga yirik miqdordagi aktivlarning kichik partiyasi kiritilishini o‘zini oqlamaydigan qimmat mashg‘ulotga aylantiradi.


AQSH iqtisodchilari tomonidan amalga oshirilgan tahlillar diversifikatsiyalanadigan riskning salmoqli qismini portfelga qimmatli qog‘ozlarning taxminan 20 ga yaqin turini kiritish orqali bartaraf etish mumkinligini ko‘rsatdi. Portfelda bunday aktivlar turlari sonini kelgusi oshirish riskni kamaytirish sur’ati sezilarli darajada pasayib ketishiga olib keladi. individual portfel riskining


egri chizig‘i aktivlar sonining ortishi bilan asimptotik tarzda bozor portfelining risk darajasiga yaqinlashadi (9.1.4-rasm).

178


Markovits nazariyasi ta’rifidan xulosa qilish mumkinki, u samarali portfellarni yaratish tamoyillari va ulardan eng yaxshi yoki eng optimal portfelni tanlash usullarini beradi. Bu nazariya unda nazariyaning asosiy parametrlarini o‘lchash tamoyillari ifodalanganligi bilan oldingi nazariyalardan farq qiladi. Bunga alohida aktivlar kabi butun portfelning riski va kutilgan daromadliligi taalluqli sanaladi. Bundan tashqari, ushbu kattaliklar, shuningdek, aktivlar daromadliligi o‘rtasidagi kovariatsiya va korrelatsiya yordamida portfel diversifikatsiyasini amalga oshirish mumkin bo‘lib, bundan maqsad daromadlilikka putur yetkazmagan holda uning riskini kamaytirishdan iborat. Bu parametrlarning ta’rifi va aniq ma’nosi nazariy-ehtimoliy tushunchalarga asoslanadi, ularni miqdoriy baholash esa statistik metodlar bilan amalga oshiriladi.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling