9.1.2-rasm. Optimal portfelni tanlash
Bundan tashqari, 9.1.2-rasmda berilgan befarqlik egri chiziqlarida qanday portfel investor uchun optimal sanalishi ham ko‘rinib turibdi. Shuni esda tutish kerakki, investor samarali chegarada erishish mumkin bo‘lgan eng katta befarqlik egri chizig‘iga intiladi. Shu talablar asosida optimal portfel befarqlik egri
176
chizig‘ining samarali chegara bilan kesishish nuqtasida tasvirlanadi. 9.1.2-rasmda bu A portfel. Investor U(E, σ) foydalilik maksimal bo‘lgan A ( , ) nuqtani topadi va shundan kelib chiqqan holda (9.1.1) – (9.1.3) masalaning ∗ yechimi sifatida o‘ziga optimal portfelni belgilab oladi.
A portfeli investorning riskni afzal ko‘rishi va daromadliligi bo‘yicha befarqlik egri chizig‘i xarakteri bilan belgilab berilgan foydalilikni, shuningdek, daromadlilik va kovariatsiya bo‘yicha kutishlarini maksimallashtiradi. Agar uning kutilgan risk va daromadlilikka nisbatan afzal ko‘rishlari o‘zgarsa, optimal portfel ham o‘zgaradi. Misol uchun, 9.1.3-rasmda xuddi o‘sha samarali chegara, ammo boshqa befarqlik egri chizig‘i bilan tasvirlangan. Bu holatda 9.1.2-rasmdagi A portfelga qaraganda kamroq daromadlilik va riskka ega B portfel optimal sanaladi.
9.1.3-rasm. Boshqa befarqlik egri chiziqlarida
optimal portfelni tanlash
Bunda uning befarqlik egri chizig‘ini tuzish uchun investorning foydalilik funksiyasini qanday qilib aniqlash mumkinligiga oid savol tug‘iladi. Afsuski, bunga javob berish oson emas. Gap shundaki, iqtisodchilar foydalilikni qanday o‘lchash bo‘yicha hozircha yakdil fikrga kelishmagan.
177
Biroq bu nazariya foydasiz degan ma’noni anglatmaydi. Balki investor samarali chegarani tasvirlab, o‘zi uchun qaysi portfel eng to‘g‘ri kelishini aniqlab olishi kerakligidan darak beradi.
Qo‘yilmalarni diversifikatsiya qilish orqali riskni kamaytirishda ushbu = + formuladan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |