B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi


Download 0.55 Mb.
bet164/179
Sana21.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1374305
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   179
Aktivni kelgusida yetkazib berish bilan bog‘liq bitimlar muddatli bitimlar deb ataladi. Muddatli shartnomada kontragentlar uni tuzish paytida barcha shartlarini kelishib oladilar.


Muddatli bozor iqtisodiy konyunkturaning o‘zgaruvchanligi sharoitida narx risklarini sug‘urtalash mexanizmi sifatida xizmat qiladi. Shu munosabat bilan ushbu bozorning mavjudligi xo‘jalik subyektlariga moliyaviy risklarni istisno etish yoki kamaytirish imkonini beradi. Muddatli bozor jozibadorligi yana shundan iboratki,

217


uning instrumentlari bo‘sh moliyaviy mablag‘larni investitsiyalash-ning yuqori daromadli obyektlari sanaladi. Bu holat investitsiya-lashga portfelli yondashuv sharoitida ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.


Muddatli bozor o‘zining ichki tuzilmasiga ega bo‘lib, uni turli baholash mezonlari bo‘yicha tasniflash mumkin. Eng umumiy yondashuvga ko‘ra muddatli bozorni birlamchi va ikkilamchi, birja va nobirja kabi turlarga ajratish kerak bo‘ladi. Bozorda savdo qilinayotgan instrumentlar turiga ko‘ra, uni forvard, fyuchers, optsion bozori va svop bozoriga ajratish mumkin.


O‘z navbatida, forvard bozorni klassik forvard shartnomalar, ya’ni, asosiy maqsadi bazaviy aktivlarni yetkazib berish va ishtirokchilar mavqeyini hejirlash (ya’ni, sug‘urta qilish) dan iborat shartnomalar bozori, shuningdek, repo bozori va ishlab chiqarish bozoriga ajratish mumkin. Ular alohida ajratilishi va ko‘rsatilishi kerak, chunki tashqi shakliga ko‘ra muddatli bozorning elementlari bo‘lishiga qaramay, o‘zining asosiy funksiyalari bilan bir qator boshqa vazifalarni hal etishadi. Masalan, repo bozori qisqa muddatli kreditga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlashga mo‘ljallangan bo‘lsa, ishlab chiqarish bozori esa – birinchi navbatda qimmatli qog‘ozlarning kelgusi chiqarish narxini belgilash funksiyasini bajaradi. Bundan tashqari, o‘zining muddati jihatidan ushbu bozorlar juda qisqa muddatli hisoblanadi. Optsion bozorini ham xuddi shunday klassik optsion shartnomalari bozori va sozlangan optsionlar bilan instrumentlar bozoriga ajratish mumkin.


Muddatli bitimlar qat’iy va shartli turlarga ajratiladi. Qat’iy bitimlar ijrosi majburiydir. Ular forvard va fyuchers bitimlarini o‘z ichiga oladi. Shartli bitimlar (ular yana optsion yoki mukofotli bitimlar deb ham ataladi) shartnoma taraflaridan biriga shartnomani bajarish yoki bajarmaslik huquqini beradi.


Bitimlarda ikki tomon – xaridor va sotuvchi ishtirok etdi. Shaxs shartnomaga sotib olayotgan holatda u uzun mavqeni ochayotgani yoki egallayotgani aytiladi. Shartnomani sotayotgan shaxs qisqa mavqeni egallaydi (ochadi). Agar investor avval shartnomani sotib olgan (sotgan) bo‘lsa, u shartnomani sotish (sotib olish) yo‘li bilan o‘z mavqeyini yopishi mumkin. Ochiq mavqeni yopish bitimi ofset

218


bitim deb ataladi. U boshlang‘ich bitimga nisbatan qarama-qarshi sanaladi. Muddatli bozorda ishtirokchilarning bir nechta toifasi mavjud. Maqsadlari va amalga oshiradigan operatsiyalari nuqtayi nazaridan ularni uch guruhga ajratish mumkin: spekulyantlar, arbitrajyorlar va hejirlar.


Spekulyant – bu vaqt bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy instrumentlar kursidagi farq hisobiga foyda olishga intiluvchi shaxsdir. Spekulyant kelgusida yanada qulay narxda sotish (sotib olish) maqsadida aktivlarni sotib oladi (sotadi). Spekulyantning muvaffaqiyati tegishli aktivlar narxining o‘zgarish tendensiyalarini qanchalik mohirona prognozlashiga bog‘liq. Spekulyant muddatli bozorda kerakli shaxs sanaladi, chunki, birinchidan, u muddatli shartnomalarning likvidligini oshiradi, ikkinchidan esa, unga hejirlar o‘tkazadigan narxlar o‘zgarishi riskini o‘z zimmasiga oladi. Arbitrajyor – bu har xil bozorlarda ayni bir aktivga turlicha narx kuzatilayotgan bo‘lsa yoki o‘zaro bog‘liq aktivlar o‘rtasidagi paritet munosabatlari buzilgan bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida ularni sotish va sotib olish hisobiga foyda oluvchi shaxsdir. Bunga misol tariqasida spot bozorida aktivni sotib olish (sotish) va tegishli fyuchers shartnomasini sotish (sotib olish)ni keltirish mumkin. Umuman olganda, arbitraj operatsiyasi – bu omonatchiga hech qanday risksiz daromad olish imkonini beruvchi operatsiya bo‘lib, undan qandaydir investitsiyani talab qilmaydi. Arbitraj operatsiyalarini amalga oshirish turli bozorlarda ayni bir aktivlar narxlarida yuzaga kelgan og‘ishlar muvozanatlashuviga va o‘zaro bog‘liq aktivlar o‘rtasidagi paritet tiklanishiga olib keladi.


Hejir – bu muddatli bozorda o‘z moliyaviy aktivlarini yoki spot bozorida bitimlarni sug‘urtalovchi shaxs. Masalan, investor aksiyalar paketini sotib oldi. Ularning kurs qiymati pasayishi natijasida katta yo‘qotishlarga uchradi. Muddatli shartnomalar bozori unga bunday yo‘qotishlardan sug‘urtalanish maqsadida bir qator bitimlar tuzish imkonini beradi. Boshqa misol sifatida hosil yig‘ib olish vaqtida o‘z tovarining narxi pasayib ketishidan xavotir olayotgan g‘allakorni tasavvur qilish mumkin. Muddatli shartnoma tuzish unga narx riskining oldini olishga imkon yaratadi. Yuqorida ta’kidlab

219



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling