Bunday holatda, muqobil variantlarni solishtirish uchun ular bilan tuzilgan bitimlar bozorda amalga oshirilgan bo‘lsa, bunday aktivlarning qiymatini hisoblash kerak.
Bunday vaziyatda aktivlarni baholash mohiyati joriy bozor narxi ma’lum bitta yoki bir nechta taqqoslanuvchan aktivlar bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qilish orqali ularning qiymatini aniqlashdan iborat bo‘ladi.
Bunday baholash usulini tanlash, odatda, mavjud axborotning to‘liqligiga bog‘liq.
Biz baholayotgan aktivlar bilan qariyb o‘xshash aktivlarning narxi ma’lum bo‘lsa, u holda ularning qiymat bahosida narxlar yagonaligi qonunini tatbiq qilish mumkin. Unga ko‘ra, agar raqobat bozorida teng qiymatli (o‘z mohiyatiga ko‘ra muqobil, o‘xshash) aktivlar bilan operatsiyalar amalga oshiriladigan bo‘lsa, ularning bozor narxi o‘zaro yaqinlashishga intiladi.
Yagona narx qonuni asosida arbitraj deb nomlanuvchi jarayon yotadi. Arbitraj esa narxlar o‘rtasidagi farq asosida kafolatlangan foyda olish maqsadida muqobil aktivlarni xarid qilish va zudlik bilan sotib yuborishni anglatadi.
161
8.4. Moliyaviy risk darajasini ehtimoliy baholash
Qandaydir A kompaniyani ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, mazkur kompaniyadan bitta aksiya uchun 100 sh.b. narxda aksiyalar sotib olmoqchimiz va bu aksiyalarga bir yil davomida egalik qilishni mo‘ljallayapmiz. Umumiy daromadlilik stavkasini (yoki shunchaki daromadlilik) ikki komponent summasi sifatida tasavvur qilish mumkin: dividend daromadlilik va aksiyalar kursi o‘zgarishi natijasida daromadlilik:
Do'stlaringiz bilan baham: |