Shunga o‘xshash fiksirlangan daromadli qimmatli qog‘ozlar o‘rtasidagi narx farqini yuzaga keltirib chiqaradigan boshqa ko‘plab omillar ham mavjud.
Obligatsiyalarning qiymat va daromadliligiga ta’sir qiladigan quyidagi ikki imkoniyatni ko‘rib chiqamiz:
1) muddatidan avval qayta sotib olish imkoniyati. Bu xususiyat emitentga o‘z obligatsiyalarini uni qaytarishning oxirgi muddati tugashidan oldin sotib olish huquqini beradi. Bunday obligatsiya qayta sotib olish huquqiga ega obligatsiya deyiladi;
2) konvertatsiyalanuvchanlik. Bu xususiyat obligatsiya egasiga uni mazkur obligatsiyalarni chiqargan kompaniyaning oldindan belgilangan aksiyalar miqdoriga ayirboshlash huquqini beradi. Bunday o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan obligatsiya konvertatsiyalanuvchan obligatsiya deb ataladi.
Ta’bir joiz bo‘lsa, obligatsiyani emitent uchun yanada jozibador qiluvchi har qanday xususiyat uning narxi pasayishiga olib keladi, mos ravishda, investor nazdida obligatsiyalar qiymatini oshiruvchi xususiyatlar narx oshishiga olib keladi. Shuning uchun muddatidan avval qayta sotib olishni amalga oshirish imkoniyati bunday obligatsiyalar narxi pasayishiga (va qaytarishda uning daromadliligi ortishiga) olib keladi. Konvertatsiyani amalga oshirish imkoniyati esa obligatsiyalar narxi oshishiga va qaytarishda uning daromadliligi pasayishiga sabab bo‘ladi.
8.3. Aktivlar qiymatini maksimallashtirish
Ko‘p hollarda shaxsiy mablag‘lardan foydalanish sohasida moliyaviy qarorlar individual afzal ko‘rishlar yoki risk darajasi tahlilidan qat’i nazar, mulk qiymati ortishiga olib keluvchi variantni tanlashga asoslangan bo‘lishi mumkin. Oddiy misol sifatida A variantni tanlab bugun 100 sh.b. olish va B variantni tanlab bugun 95 sh.b. olish variantlari o‘rtasida tanlov qilish zarur bo‘lgan vaziyatni ko‘rib chiqaylik.
Aytaylik, nimani afzal ko‘rishi va kutishlari qandayligi sizga noma’lum bo‘lgan odam ushbu variantlardan qay birini tanlanishini taxmin qilish zarur bo‘lsin. Agar boshqa har qanday jihatdan bu ikki
159
Do'stlaringiz bilan baham: |