B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi


Bozor risklarini tahlil qilish va baholash


Download 0.55 Mb.
bet31/179
Sana21.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1374305
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   179
2.3. Bozor risklarini tahlil qilish va baholash


Bugungi kun amaliyotida bozor risklarini tahlil qilishda bir qancha usullardan foydalaniladi. Jumladan:








Biz ko‘proq ushbu rejamizda “Zararsizlik nuqtasini aniqlash” usulini o‘rganishga harakat qilamiz.


Kichik korxonalar ham, yirik korxonalar ham “Zararsizlik nuqtasini aniqlash” usulidan ikki sababga ko‘ra foydalanishadi: u sodda tasavvurlarga asoslanadi va korxonalar uchun “Zararsizlik nuqtasini aniqlash” usulidan olingan ma’lumot qaror qabul qilish shart bo‘lgan vaziyatlarda qo‘l keladi. “Zararsizlik nuqtasini aniqlash” usuli firma ishlab chiqaradigan mahsulotning zararsizlik miqdorini aniqlashda ishlatiladi. Xo‘sh, mahsulotning zararsizlik miqdori nimani anglatadi? Zararsizlik miqdori firma daromadlarining

40


(yoki soliqlar va foizlar to‘langungacha daromad) nolga teng bo‘lishini ta’minlaydigan mahsulotning absolut (mutlaq) miqdori hisoblandi. Boshqacha qilib aytganda, «Zararsizlik nuqtasini aniqlash” usuli tahlilchiga barcha xarajatlarni qoplash uchun qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarish kerakligini aniqlashda va turli ishlab chiqarish hajmlari orqali ishlab topiladigan soliqlar va foizlar to‘langungacha daromadni hisoblashda yordam beradi.

Zararsizlik nuqtasini aniqlash” modelining asosiy elementlari. “Zararsizlik nuqtasini aniqlash” modelini qo‘llash uchun biz kompaniya ishlab chiqarish xarajatlarini ikki o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan kategoriyalarga ajratishimiz kerak bo‘ladi: o‘zgarmas xarajatlar va o‘zgaruvchan xarajatlar. Siz bunda iqtisodiyot nazariyasida o‘rganganingiz – uzoq muddatli davrda barcha xarajatar o‘zgaruvchan bo‘lishini xotirlaysiz. Shuning uchun ham zararsizlik tahlili qisqa muddatli davr uchun mo‘ljallangan.





Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling