B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi


Har bir bankda mijozning kreditga layoqatliligini baholashda qo‘llaniladigan yagona ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqarilishi lozim


Download 0.55 Mb.
bet55/179
Sana21.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1374305
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   179
Har bir bankda mijozning kreditga layoqatliligini baholashda qo‘llaniladigan yagona ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqarilishi lozim.


Hozirgi kunda mijozning moliyaviy ahvolini tahlil qilish uchun qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar ko‘p sonli va xilma – xil bo‘lib, ularning sezilarli ko‘pi bir – birini takrorlash xarakteriga ega. Ayrim kompyuter dasturlari o‘n va undan ortiq ko‘rsatkichlarni hisoblaydi. Ko‘rsatkichlarni bu qadar ko‘pligi tahlilni qiyinlashtiradi.
Bank amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, tarmoqlar o‘rtasidagi jiddiy farqlar koeffitsentilarining barcha tarmoq korxonalari uchun yagona ahamiyati xususida gapirish imkonini bermaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ayrim xorijiy davlatlarda kreditning sifatini tasniflashda tarmoq ma’lumotlariga asoslaniladi. Korxonaning moliyaviy ahvoli, ko‘p jihatdan, tarmoqdagi ahvol bilan belgilanadi. Va bunda, tarmoq riski degan tushuncha kiritiladi. Bu tushunchaga muvofiq, moliyaviy holat faoliyatidagi o‘zgarishlarning darajasiga bevosita bog‘liqdir.


Shuning uchun ham korxonaning moliyaviy ahvoli, baholana-yotganda, avvalo, korxona faoliyati bo‘yicha hisoblangan koeffit-sentlarni o‘rtacha tarmoq koeffitsentlari bilan taqqoslash zarur.


3.3. Kredit riskini kamaytirish usullari


Qarzlarni to‘lash uchun to‘rtta potensial pul mablag‘lari manbasi mavjud:


1) tijorat operatsiyalari;
2) asosiy vositalarni sotish;
69
3) yangi mablag‘ topish;
4) uchinchi tomon kafolati.


Pul mablag‘larining asosiy manbai, odatda, kompaniyaning tijorat operatsiyalaridan pul tushumlari hisoblanadi. Kreditni to‘lamaslik riskini kamaytirishning asosiy usullaridan biri – potensial qarzdorlarni sinchiklab tanlashdir. Mijozning moliyaviy ahvolini va bankka o‘z vaqtida qarzlarini qaytarishga ishonchliligini tahlil qilish bo‘yicha ko‘plab usullar mavjud.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling