Tashqi iqtisodiy shartnoma ishtirokchilari uchun valuta riski paydo bo‘lishining quyidagi shartlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
ochiq valuta mavqeining mavjudligi;
shartnoma valutasi sifatida xorijiy valutadan foydalanish;
shartnomaning tuzilishi va u bo‘yicha hisob-kitob orasida vaqt uzilish davrining mavjudligi;
4.1.2-rasm. Valuta riskini paydo bo‘lish sharti
Valuta mavqei – valuta bozori ishtirokchisi (tijorat banklari, kompaniyalar) tomonidan chet el valutasini oldi-sotdi operatsiyasini shuningdek, boshqa operatsiyalarni amalga oshirish natijasida chet el valutasida ifodalangan talablarning yoki majburiyatlarning o‘zgarish-iga olib keladigan valuta bozori ishtirokchisining chet el valutasidagi talablari yoki majburiyatlari o‘rtasidagi nisbatni ifodalovchi ko‘rsat-kich.
Ochiq valuta mavqei – valuta bozori ishtirokchisining chet el valutasidagi talablari uning chet el valutasidagi majburiyatlari sum-masiga mos (teng) bo‘lmagan holatdagi valuta mavqei.
Uzun valuta mavqei – valuta bozori ishtirokchisining chet el valutasidagi talablarining summasi uning chet el valutasidagi majburiyatlari summasidan ortiq bo‘lgan holdagi ochiq valuta mavqei.
Qisqa valuta mavqei – valuta bozori ishtirokchisining chet el valutasidagi majburiyatlarining summasi uning chet el valutasidagi talablari summasidan ortiq bo‘lgan holdagi ochiq valuta mavqei.
Ochiq valuta mavqelarining jami summasi – barcha turdagi chet el valutalari bo‘yicha ochiq valuta mavqelarining jami yig‘indisi.
86
Agarda valuta bozori ishtirokchisining talablari majburiyat-laridan ko‘p bo‘lsa, unda valuta mavqei “uzun” mavqe bo‘yicha ochiq hisoblanadi. Agarda valuta bozori ishtirokchisining majburiyatlari talablaridan ko‘p bo‘lsa, unda valuta mavqei “qisqa” mavqe bo‘yicha ochiq hisoblanadi. Valuta bozori ishtirokchisining talab va majburiyatlari o‘zaro teng bo‘lsa, unda valuta mavqei yopiq hisoblanadi.
Ochiq valuta mavqelarini hisoblash uchun valuta bozori ishtirokchisining chet el valutasidagi majburiyatlari summasi uning chet el valutasidagi talablari summasi bilan taqqoslanadi. Bunda, qisqa valuta mavqei “-“ belgisi bilan, uzun valuta mavqei “+” belgisi bilan ko‘rsatiladi.
Masalan, bank 1,2 kurs bo‘yicha 1,0 mln yevroni AQSh dollariga sotish orqali, bankda 1,0 mln yevro miqdorida qisqa va 1200000 AQSH dollar miqdorida uzun mavqe yuzaga keladi. Mazkur mavqelar quyidagicha aks ettirilishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |