B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi
risklarining bir necha turlari mavjud (4.1.1-rasm). Jumladan, valuta riskini uch turga ajratish mumkin
Download 0.55 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.1.1-rasm. Valuta riskini tasniflanishi 19
- Ataniyozov J., Alimardonov E. Xalqaro moliya munosabatlari. –T.: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”, 2014. 83
- Valuta kurslarining muvozanatsizligi xalqaro mehnat taqsi-motiga, xalqaro savdo balansiga va hajmiga salbiy ta’sir etadi, shu-ningdek, tovarlar va xizmatlar ekvivalent almashuvini qiyinlash-tiradi.
risklarining bir necha turlari mavjud (4.1.1-rasm). Jumladan, valuta riskini uch turga ajratish mumkin:
Valuta riski Operatsion valuta riski Translatsion valuta riski Iqtisodiy valuta riski 4.1.1-rasm. Valuta riskini tasniflanishi19 Operatsion valuta riski. Operatsion risk asosan savdo oper-atsiyalari, shuningdek, dividend to‘lovlari va moliyaviy investitsiya-lash bo‘yicha pulli shartnomalar bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Operatsion risk pul mablag‘lari harakatida yuzaga kelgan holda foyda darajasiga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu riskni pul mablag‘larining kutilayotgan oqimiga almashinuv kursi o‘zgarishining bevosita ta’siri natijasida yuqori foydaga erish-maslik yoki zararning yuzaga kelishi holati sifatida ta’riflash mumkin. Sotilgan mahsulotga xorijiy valuta olishi lozim bo‘lgan eksport qiluvchi milliy valutaga nisbatan xorijiy valuta kursining pasayishi natijasida zarar ko‘radi. Xorijiy valutada to‘lovni amalga oshirishi lozim bo‘lgan import qiluvchi esa, milliy valutaga nisbatan xorijiy valuta kursining oshishidan zarar ko‘radi. Valutalar almashinuvini taqozo qiluvchi bitimlar bilan bog‘liq risk narxlar siyosati yordamida boshqarilishi mumkin. Shuningdek, riskka pulni to‘lash va olish muddatlari ham birmuncha ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar valuta tushumi va valuta xarajatlari o‘zaro bir-biriga muvofiq bo‘lsa operatsion riskni kamaytirish mumkin. Ataniyozov J., Alimardonov E. Xalqaro moliya munosabatlari. –T.: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”, 2014. 83 Translatsion valuta riski. Mazkur risk hisob-kitob yoki balans riski sifatida ham ma’lumdir. Uning manbai bo‘lib, turli mamlakatlar valutalarida ifodalangan aktiv va passivlar o‘rtasidagi nomuvofiqlik holati hisoblanadi. Bu riskning paydo bo‘lishiga kompaniya balansini hisob-kitob qilish jarayonida aktiv va passiv tomonlari o‘zaro munosabatlarining to‘g‘ri kelmasligi sabab bo‘ladi. Kompaniya shoxobchalari turli mamlakatlarda joylashgani va shu mamlakatlarda milliy valuta kursi o‘zgarib turishi ushbu risklarni yuzaga keltiruvchi asosiy shartlardir. Britaniya kompaniyasi AQSHda o‘zining sho‘ba kompa-niyasiga ega bo‘lib, uning AQSH dollaridagi aktivlari mavjud. Agar Britaniya kompaniyasining AQSH dollaridagi yetarlicha passivlari bo‘lmasa, ushbu aktivlarning AQSH dollaridagi to‘langan qiymati tufayli kompaniya riskka duchor bo‘ladi. Funt sterlingga nisbatan AQSH dollarining qadrsizlanishi natijasida sho‘ba kompaniyasi aktivlari qiymatining balans bahosini pasayishiga olib keladi, chunki asosiy kompaniyaning balans hisoboti funt sterlingda ifodalanadi. Shu singari, mazkur valuta kursining oshishi holatida xorijiy valutadagi passivlar bilan kompaniya riskka duchor bo‘ladi. Iqtisodiy valuta riski. Iqtisodiy risk kompaniya iqtisodiy hola-tiga almashinuv kursi o‘zgarishining salbiy ta’siri ehtimoli sifatida ta’riflanadi. Bir xil turdagi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar hamda boshqa turdagi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobat-lashuvning o‘zgarishi, shuningdek, muayyan tovar belgisi iste’mol-chilari ehtiyojining o‘zgarishi natijasida risk yuzaga kelishi mumkin. Iqtisodiy valuta riski mamlakatlar o‘rtasida tovar almashishda, tayyor mahsulotlarni sotib olish yoki sotishda valutalar kursining o‘zgarishida yuzaga keladi. Kompaniya ishlab chiqarayotgan mahsulotini boshqa mamlakatga sotish yoki kompaniyaning o‘sha mamlakatdagi shoxobchasida sotib olinadigan tovarlarni hisob-kitob qilish jarayonida valuta kursi iqtisodiy valuta risklarini yuzaga keltiradi. Valuta kurslarining muvozanatsizligi xalqaro mehnat taqsi-motiga, xalqaro savdo balansiga va hajmiga salbiy ta’sir etadi, shu-ningdek, tovarlar va xizmatlar ekvivalent almashuvini qiyinlash-tiradi. 84 Valuta kurslarining muvozanatsizligi import va eksport qiluvchilarni o‘zlarining xorijdan sotib olish va xorijga sotish operatsiyalarini qisqartirishga majbur qiladi. Chunki import va eksport qiluvchilar valutalarning qisqa muddatli davriy oraliqdagi o‘zgarishini oldindan bila olmaydilar. Shuning uchun import qiluvchi ma’lum bir tovarni o‘zini valuta xavf-xatariga qo‘yib, chet davlatdan sotib olganidan ko‘ra, o‘z mamlakatida ishlab chiqarilayotgan o‘rinbosar tovarni sotib olgani afzalroqdir. Eksport qiluvchi, agarda shartnomaning tuzilishi va u bo‘yicha to‘lovning amalga oshirilishi davri ichida baho valutasining kursi uning milliy valutasiga nisbatan pasaysa, zarar ko‘radi. Import qiluvchi (debitor) uchun esa zararlar, kursning yuqoridagiga nisbatan qarama-qarshi harakati natijasida paydo bo‘ladi. Eksport va import qiluvchilar, valuta riski bilan, tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirganda to‘qnashadilar. Eksport qiluvchi, agarda u tovarlarni to‘lovi kechiktirilgan holda sotgan bo‘lsa va baho valutasi sifatida import qiluvchi valutasi yoki uchinchi davlat valutasi olingan bo‘lsa, valuta riskiga duchor bo‘ladi. Agarda, baho valutasi-ning kursi eksport qiluvchi milliy valutasiga nisbatan pasaysa, unda eksport qiluvchi zarar ko‘rishi mumkin. Eksport qiluvchi uchun valuta riski bo‘lib, shartnomaning tuzilishidan to ijro etilgunga qadar davr ichida, baho valutasi kursining milliy valutaga nisbatan pasayishi hisoblanadi. Demak, valuta riski barcha tashqi iqtisodiy aloqalar bilan bog‘liq shartnomalarga ta’sir etadi. Kurslar harakatidagi va valutalarni sotib olish qobiliyatidagi farqlar, tashqi iqtisodiy shartnomalar ishtirokchisi bo‘lgan har birining yo‘qotishlar va daromadlar balansining nafaqat valuta kursini ijobiy yoki salbiy harakatiga, balki valutalar kurslari o‘zgarishining o‘zaro nisbati va birgalikdagi harakatiga bog‘liq. Masalan, agarda valutalarning tashqi qadrsizlanishi (valuta kursining pasayishi) uni ichki bozordagi qadrsizlanishidan o‘sib ketsa, unda xorijlik import qiluvchilar qo‘shimcha foyda olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Chunki ular o‘z valutasida xarajatlarni oshirmasdan turib, qadrsizlanib borayotgan mamlakatning valutasiga ko‘proq tovarlar sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 85 Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling