B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi
Download 0.55 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bundan tashqari, kreditor pul o‘ziga qaytib kelganda uning qiymatiga nisbatan sezilarli noaniqliklarga ham duch keladi (ushbu 102
V BOB. FOIZ RISKI
5.1. Foiz riski, turlari va foiz stavkalari Foiz stavkalari eng ko‘p ishlatiladigan moliyaviy ko‘rsat-kichlardir. Ko‘plab insonlar o‘z hayotlarida kredit olishadi va shu kredit bo‘yicha foizlar to‘lashadi, pullarini bank yoki boshqa moliya muassasasiga joylashtirishadi va buning uchun foiz to‘lovlari oli-shadi. Ushbu xatti-harakatlar davomida kreditlar va qo‘yilmalar bo‘yicha ko‘plab foiz stavkalari mavjudligini ko‘radilar. Bu stavkalar nafaqat miqdoran, balki ularni hisoblash usuliga ko‘ra ham farqlanadi. Ba’zi foiz stavkalari shartnomaning butun amal qilish muddati davomida fiksirlangan bo‘ladi, boshqalari esa muayyan vaqt oralig‘ida kelishilib olingan shartlar asosida o‘zgarishi mumkin. Masalan, kreditor xohishiga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari bor. Kreditlar va depozitlar bo‘yicha foizlar nima uchun to‘lanishiga oydinlik kiritamiz. Ma’lumki, pul foyda keltiradi yoki ayirboshlash vositasi bo‘lgan holda faqat bilvosita farovonlikni ta’minlaydi. Bu ular to‘g‘ridan to‘g‘ri foyda keltirishi uchun boshqa tovar yoki xizmatlarga ayirboshlanishi kerakligini anglatadi. O‘z navbatida, pulning o‘zi (banknotalar, tangalar, bank hisoblari) hayotiy ehtiyojlarni kam qondiradi. Bu pulni oziq-ovqatlar, kiyim-kechak va uy-joy kabi tovar va xizmatlarga ayirboshlash yo‘li bilan sodir bo‘ladi. Shunday qilib, kimdir pulni investitsiya qilganda, u ularni to‘g‘ridan to‘g‘ri foyda keltiradigan tovar va xizmatlarga aylantirish imkoniyatidan voz kechadi. Shuning uchun pullar investitsiyalash o‘rniga tovar va xizmatlarni sotib olish uchun ishlatilganga nisbatan kamroq foydalilik darajasi bilan qanoatlanishiga to‘g‘ri keladi. Ushbu potensial foydalilikni yo‘qotish kompensatsiyalanishi kerak – foizning eng muhim vazifasi shundan iborat. Bundan tashqari, kreditor pul o‘ziga qaytib kelganda uning qiymatiga nisbatan sezilarli noaniqliklarga ham duch keladi (ushbu 102 pullarning kelgusi qiymati noaniq). Ushbu noaniqlikning miqdoriy o‘lchovi risk sifatida ma’lum. Kreditorlar turli xil risklarga duch keladilar va bu ularning manfaatlarini yoki farovonligini kamaytirishi mumkin. Foizning funksiyalaridan biri risklar tufayli mavjud bo‘lgan mazkur foyda yo‘qotishni kompensatsiyalash sanaladi. Agar biz potensial foydani yo‘qotish riski, inflatsiya riski va majburiyatlarni bajarmaslik riskini birlashtirsak, biz pullarga kelgusida egalik qilishga nisbatan hozir egalik qilishni afzalroq ko‘rinishga keltiruvchi omillar guruhiga ega bo‘lamiz. Odamlar keyinchalik pul olishi haqida va’dalar bilan kifoyalangandan ko‘ra hozirning o‘zida pulga ega bo‘lishni afzal bilishadi. Pullar haqida ular ijobiy vaqtinchalik afzal ko‘rishlar bilan tavsiflanishi aytiladi. Foizlar qarz beruvchiga mablag‘larni investitsiyalash vaqtida ushbu afzal ko‘rishni qondirish imkonsizligini kompensatsiyalaydi. Qarz oluvchilar pul mablag‘laridan foydalanish uchun pul to‘lashga tayyor, chunki bu ularga investorlardan mablag‘lar olish natijasida barvaqt iste’moldan qo‘shimcha foydaga ega bo‘lish imkonini beradi. Foiz riski – bu foiz stavkalarining noqulay tebranishlari tufayli yuzaga keladigan foyda uchun risk bo‘lib, bu tebranishlar foizlarni to‘lashga xarajatlar ortishiga yoki qo‘yilmalardan daromadlar va kreditlar berishdan tushumlar kamayishiga olib keladi. Boshqa bir firmani o‘ziga qo‘shib olishni rejalashtirgan firma agar buni aksiyalar chiqarish yo‘li bilan emas, balki qarz mablag‘lari hisobiga moliyalashtirsa, qanchadir vaqtdan so‘ng foiz riski zonasida qolib ketadi. Foizli daromad keltiruvchi salmoqli mablag‘larga ega bo‘lgan banklar va boshqa moliya institutlari, odatda, foiz riskiga ko‘proq moyil bo‘ladi. Agar firma katta miqdorda kredit olgan bo‘lsa, foiz risklarini samarasiz boshqarish uni bankrotlikka olib kelishi mumkin. Foiz stavkalarining o‘zgarishi bir nechta riskni keltirib chiqaradi: foiz stavkalarining umumiy darajasidagi tebranishlar tufayli foizlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlarning ortishi yoki investitsiyalar-dan daromadlarning kutilgan darajadan pasayib ketishi bilan bog‘liq risk; 103 Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling